Qirg’izistonda pishiqchilik mavsumi. Bu yil ayniqsa meva-cheva mo’l va arzon – bo’ldi.

Rastalar to’lib-toshib, savdo ko’cha bozorlarida qizib ketgan. Rang-barang shaftolining bir kilosi 20 so’mdan 50 so’mgacha. Uzumning kilosi 20 so’mdan boshlanadi. 10 kilolik tarvuzlar narhi 30-40 so’m (yarim AQSh dollariga teng).

Eng muhimi – Qirg’iziston meva-cheva va sabzavotlari ekologik jihatdan tozaligi bilan ajralib turadi.

Ichki bozor to’la ta’minlangan. Mahallalarda ko’chma savdo yo’lga qo’yilgan. Ayni paytda Rossiya va Qozog’istonga mahsulot chiqarish ortib borayotgani qayd qilinmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, dehqonning daromadi ham bu yil keskin oshgan. Mavsumda o’rta hol fermer 300-400 ming qirg’iz so’mi (taxminan, 4-5 ming AQSh dollari) ishlab olar ekan.

Pishiqchilik – bu mo’l-ko’llik, farovonlik, deydi qariyalar.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif