Kuni kecha Farg‘ona vodiysining qadim shaharlaridan sanalgan O‘sh shahrida “O‘sh Fest – 2017” nomlanishidagi Karvon sayli, hamda vodiylik oshpazlar orasida palov tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Shaharning janubiy kun chiqish tarafiga yig‘ilgan karvon, ustiga ortilgan turli xil ehtiyoj buyumlari bilan, qirg‘iz va o‘zbek milliy liboslari-yu, ularning musiqalari hamrohligida shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab sayl etildi.

Karvon tashkilotchilariga ko‘ra, “O‘sh Fest – 2017” tadbirini o‘tkazishdan maqsad, turizmni rivojlantirish uchun o‘z hissasini qo‘shayotgan “Destinatsiya” tashkiloti faoliyatiga ko‘maklashish va O‘sh shahriga turistlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni yoyinlash bo‘lib hisoblanadi.

huningdek, tadbir O‘sh shahri yoshlari orasida mazkur shaharni tarixiy me’roslariga bo‘lgan bog‘liqlik va ular bilan faxrlanish tuyg‘ularini jonlantirishga bag‘ishlangan.

“Bulutlar qoplagan Pomir tog‘ining tepasidan tushgandan keyin, Xitoydan Rim imperiyasiga yo‘l olgan karvonlar yo‘lidagi dastlabki o‘tish shahar, sharq bilan g‘arbning o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lgan qadimiy O‘sh shahri bo‘lgan. Bozorlari turli davlatlardan kelgan xilma-xil buyum bo‘yoqlariga bo‘yalib, taomga qo‘shiluvchi hushbo‘y xidli zirovorlarga boy savdo markaziga aylangan shahar edi” – deydi karvon tashkilotchilari.

“Buyuk Ipak yo‘li” deya nomlangan bu karvonda, qadimiy qiyofa aks etib, unda insonlarni tuya, ot, to‘pos kabi hayvonlarga mingan holda uzoq safarga otlanganini ko‘rish mumkin. Karvonga hattoki eshakka mingan Nasriddin Afandi ham hamroh bo‘lgan.

Mitinglarga boy Qirg‘iziston, xossatan O‘shda odatda ko‘chada biron shovqun tovushlarini eshitishi bilan, yana qanday namoyishlar boshlandi deya vahimaga tushgan shaharliklar uchun bu karvon noana’naviy hisoblanib, ularda katta yiziqish uyg‘otdi va quvonchu shodlik bilan karvonni kuzatib, uni qo‘l telefonlariga tasfirga tushirdilar.

Shahar bo‘ylab sayr etgan karvonni markaziy To‘qto‘g‘ul Satilg‘anov nomli bog‘ yonida shahar hokimi boshchiligidagi oqsoqollar kutib olishdi. Ana’naga ko‘ra, karvonboshi qala rahbariga yorliqni topshirgandan so‘ng, O‘sh shahar meri milliy urf-odat, madaiiyatni jam qilgan halqaro festival birinchi marotaba O‘sh shahrida o‘tkazilayotganini urg‘uladi.

“Tarixiy me’roslarga boy O‘sh shahrida “O‘sh Fest -2017” turist festivalinig o‘tishi tariximiz va madaniyatimizda iz qoldirdi. Bunday tadbirlar milliylik va fidoyilik sezimlarini kuchaytirdi. Qirg‘iz halqi va millatlararo birdamlikni, davlatimizning tinchligini ifodalaydi” – dedi Aytmamat Qadirboev.

Tadbir maxalliy hunarmand ustalarning qo‘l asboblari, oshpazchilarning taomlari-yu, tadbirkorlarning mollari qo‘yilgan ko‘rgazmasi bilan davom etdi.

Karvon ishtirokchilari uchun O‘shdagi qirg‘iz hamda o‘zbek teatrlarinnig aktyorlari ham saxna ko‘rinishlarini namoyish etib, mexmonlarga hush kayfiyat baxshida etdilar.

Mazkur tadbir “O‘sh Destinatsiyasi” tashkiloti tarafidan shahar hokimligi xamkorligida, hamda YuSAID tashkilotining biznesni rivojlantirish dasturining moddiy ko‘magi asosida o‘tkazilgan.

Palov tanlovi

Yakshanba kuni O‘sh shahrida vodiy oshpazlari ishtirokida “Osiyo xalqlar do‘stligi” shiori ostida halqaro tanlov o‘tkazildi.

Unda Qirg‘iziston, O‘zbekiston hamda Tojikistondan kelgan 25dan ziyod oshpazlar qatnashdilar.
“Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, xalqarning madaniy boyliklarini birgalikda rivojlantirish orqali, ularni hamjihatligini mustahkamlashdir” – deydi tashkilotchi «Izyum grupp» dam olish maskani xodimi Ulpat eje.

Tadbir davomida har bir ishtirokchiga o‘choqqa o‘t yoqishdan boshlab to polovni tayyorlaguncha 1 soatu 20 daqiqa vaqt berildi. Bu vaqt davomida oshpazlar o‘zlarining polovlarini tayyorlab hakamlarga baxolash uchun keltirdilar.

Tanlov natiyjalariga ko‘ra, 25 oshpazning ichidan mazali polovlari bilan Andijonlik Xurshid Xasanov hamda O‘shlik Oybek Rizamatovlar g‘olib topildi va ularga tanlovning asosiy sovg‘asi xisoblangan, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga dam olish chiptasi topshirildi. Qolgan ishtirokchilarga ham tashkilotchilar tarafidan estalik sovg‘alari topshirildi.

Matn va suratlar muallifi Shohruh SOIPOV