O’tgan yilning yozida Tojikiston shimolidagi So’g’d viloyatiga qo’shni Qirg’izistonning Batkent viloyatida mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega deb ko’rilayotgan alohida Isfana-Kolso-Kayragach avtomobil yo’li qurilishi boshlangan edi.
Uzunligi 36 kilometr bo’lgan yo’l qurilishi uchun mablag’ni Jahon banki ajratgan bo’lib, qirg’iz valyutasida bu mablag’ 1 milliard 200 million somni tashkil etadi.
Qurilishning strategik ahamiyati shunda ko’riladiki, Batkent viloyatining Isfanadan Qayrag’ochgacha bo’lgan ovullari aholisi yo’l to’la ishga solinsa, Tojikiston hududiga kirib chiqish majburiyatidan soqit bo’ladi. Sho’olar davrida qirg’iz qishloqlarini bog’lovchi yo’l Tojikiston hududidan o’tkazilgan bo’lib, mustaqillikdan so’ng suv va yo’llar taqsimoti masalasi, undagi inshootlar bahsi qo’shni davlatlar aholisi orasida kelishmovchiliklar, ba’zida esa qonli mojarolarga ham sabab bo’lgan.
O’tgan 10-15 yil orasida aynan shunday mojarolar tufayli Tojikistonning So’g’d va Qirg’izistonning Batkent viloyatlari orasida qurolli to’qnashvlar ham sodir etilgan, mahalliy aholi orasida o’zaro dushmanlik kayfiyatlari tug’ilgan edi.
Tojikistonning Isfara va qo’shni Qirg’izistonning Leylak nohilari tutashgan tojik-qirg’iz qishloqlarida haligacha mojaroli sabablar majudligicha qolmoqda.
Hozir qirg’z yo’lsozlari Jahon banki moliyaviy ko’magida yo’l qurilishini tugallash arafasida. 2018 yilda yakunlanishi rejalangan yangi yo’lning asosiy qismi eski yo’llar bo’lib, unda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yo’l ishga tushgach qirgi’zlar uchun Tojikistonning qariyib 10 kilometrlik hududini kesib o’tishlariga hojat qolmaydi.
Tojikiston va Qirg’iziston o’rtasida yo’llardan umum manfaatida foydalanish qarorlariga erishilgan bo’lsa-da, Batkent viloyat rasmiylarining aytishicha, yangi yo’l qurilishi qirg’iz ovullari taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi, qishloqlarga mol-buyumlar keltirish osonlashadi, madaniyat rivojlanadi.
Hozirda Batkent viloyatining Sulyukta-Kolso ovullarigacha bo’lgan yo’l qismi faol qurilmqoda, uning uzunligi 11 kilometr bo’lib, unga yuzdan ortiq ishchilar va 50 texnika vositasi jalb etilgan.
Mahalliy aholi hukumat yo’l qurilishi uchun investorlarni jalb etib, ish boshlaganliklaridan xursand, ular mustaqllikdan so’ng tojik yerlaridan ayri muqobil yo’l bolishini orzu qilib kelishgan.
“Yo’l azobi – go’r azobi deb keksalar bejiz aytishmagan, ayniqsa bu yo’l begona erlardan o’tgan bo’lsa”, – deydi Aysha degan qirg’iz ayoli.
Uning aytichicha, yo’l ishga tushsa, ular hech qanday xavotir va cheklovlarsiz ovullariga har qanday yukni keltirish imkoiyatiga ega bo’ladilar.
Qo’shni tomondan yuk olib o’tlishiga mone’liklar bormi degan savolga mahalliy aholi vakillari “har holda tamoqni (yegulik) o’z idishmizda eganimiz ma’qul” deb javob qilishadi.
Batkent viloyatining yangi yo’l qurilayotgan tog’ etaklarida tojik hududidan o’zgacha manzarani uchratish mumkin. Har ikki hududda ham yerlar aytarli farq qilmaydi, bir xil tabiat va bir xil sharoit, ammo ko’rinish ayricha. Qirg’iz hududidagi tog’ etaklarida qalin pistazorlarni ko’rsa bo’aldi, bunu ular o’zlari ekib ko’paytirishgan. Tojkiston hududida buni uchratmaysiz.
Nega qo’shnilar kabi tog’-adirlarda pista ko’paytirmaysizlar? Bu bilan ham yer erroziyasi oldi olinadi, ham daromad ko’rasiz. Tojikistonda yashovchilar “tinchgina ishlashga yo’l bersalar ishlaysizda, sal narsaga ta’magirlik qilishadiyu”, deb javob qilishadi. Bundan anglashiladiki, ikki qo’shni davlatda tadbirkorlarga munosabat ayricha va aynan shu ayrilik taraqqiyot rivojiga to’siqdek ko’rinadi.
Hozir ham bir yo’lning ikki yoqasida joylasjgan bir qishloqning ikki tarafida har qanday mahsulotlarga turlicha narx-navoni ko’rasiz. Bu ayniqsa yog’ilg’i-moylash va chorva mahsulotlrida yaqqol ko’zga tashlanadi. Benzin va dizel yoqilg’isi 25 metr narida – qirg’iz tomonida qaririb 25 foizgacha arzon, shu sabab ikki davlat oarasida uning kontrabandasi ko’p uchraydi.
Rasman tan olingan, ammo aytarlik qo’riqlanmasdan ochiq va ramziy qolayotgan chegara shaffofligi bu hududda narkotika tranzitiga ham yo’l ochadi.
Yangi qurilayotgan yo’l bo’ylab ishlayotgan qirg’iz ishchilarining ayrimlari jarayonning rasmga olinishiga mone’lik ko’rsatib, bunu milliy xavfsizlik bilan xaspo’shlab, “yerimizda begonalarning bo’lishini istamaymiz, bizni har narsada ayblashlari mumkin” deb aytdi.
Tojikistonning qo’shnilar bilan hali hal etmagan ana shunday hududlari shimolda qardosh O’zbekiston chegarasida ham mavjud.
Ravshan Shams
Tojikiston-Qirg’iziston