Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylangach, O’zbekiston-Tojikiston o’rtasidagi munosabatlar iliqlashgandan beri yaqin ikki oy orasida ikki respublika chegaralarini ikki yuz mingdan ortiq odam kesib o’tdi. Chegaraning ochilganidan minnatdor ikki xalq rahbarlar haqqiga duo qilmoqda.
“Necha yillardan beri Tojikistondagi qarindoshlaimiz diydoridan benasib edim, xudoga shukr Tohskentdan Xo’jandga uch soatda kirib keldik, aytsam ishonmaysiz, jigarlarimiz yuzimiz tugul, minib kelgan mashinamizni o’pa boshlashdi, temirni o’pganini qaerda ko’rgansiz”? -deydi ko’zida yosh bilan bobolari yurtiga kelgan 85 yashar hojiona Bahriniso.
Erta-indin Dushanbe-Termiz, Boxtar-Denov, Xo’jand-Toshkent , Panjakent-Buxoro va Samarqand, Konibodom- Farg’ona va Qo’qon yo’nalishlarida xalqaro yo’lovchi aftobuslar qatnovi boshlanishi kutilmoqda.
2018-yil bahori mintaqa uchun juda qutlug’ kelganini mamnunlik bilan qayd etishmoqda. Eng asosiysi, mintaqa xalqlari o’rtasidagi to’siqlar oradan ko’tarildi.
Shuning bilan birga, Tojikistonda ayrim ishbilarmon tadbirkorlar O’zbekiston bilan chegaraning keng ochilgani respublika iqtisodiga zarar keltirishi mumkinligini, mayda biznesmenlar daromaddan ayrilishlari mumkinligini aytishadi.
“O’zbekistonlik dehqonlar bir kunda janubdan 400 tonnagacha anor kiritishganini quvonib aytishmoqda, un va non mahsulotlari bozorimizda 20 foigacha arzonlashib ketdi, kiyim-kechaklar bozori susaymoqda, go’hht-sut mahsulotlari ham arzonlashdi. Chunki O’zbekiston tovarlari kirib kelmoqda, oddiy tovuq tuxumi bahor boshida birdaniga 30 foizgacha arzonlashib ketdi, kolbasa ham shunday, hademay bizning kolbasamiz bozorda ilgarigidek sotilmay qoladi deb qo’rqaman”,-deydi tojik tadbirkori.
Uning fikricha, Tojikiston hukumati qo’shnilar bilam munosabatlarni yaxshilash barobarida ichki bozorni himoya qilish haqida ham o’ylab ko’rishlari zarur”.
Ammo xalq uchun har qanday sharoitda ham diydorning borligi, yo’llarning ochilganligi ayni muddao.
“Kim bozor haqida o’ylasa bu-uning g’ami, kimning mahsuloti yaxshi bo’lsa oshani olamiz, qaytanga raqobat bo’lib, zora sifat ko’tarilsa. Do’ppi va pichoqlar, matolar bizga azaldan Farg’onadan kirib kelgan, xavotirga o’rin yo’q”,-deydi yuqoridagi fikrga nisbatan mahalliy kosiblardan biri.
“Bundan 15 yilcha oldin bozorimizga o’zbek adabiyti namoyondalari kitoblari, vaqtli matbuot erkin kirib kelardi, hanuz biz eng asosiy ma’naviy ozug’imiz, yuqori saviyadagi bosma mahsulotlrdan mahrummiz, bu ham haligacha echilmagan mahum masala. To’g’ri zamonaviy internet bor, hammayoq telefonga to’lib ketgan, barchasini kaftimizda ko’rishimiz, o’qishimiz mumkin, ammo hech narsa kitobning o’rnini bosmaydi, san’atning o’rnini ololmaydi,” -deydi mahalliy o’zbek ziyolilaridn biri.
Uninf fikricha, Xo’jandda Sug’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etayotgan tadbirlarda Toshkentdan taniqli yozuvchilarning ishtirok etayotganligi katta narsa.
Tojikistondagi qadimiy Istravshan noyiyasining Chorbog’ qishloq jamoasiga qarashli Maydoncha qishlog’ida tug’ilib o’sgan oz’bek shoiri Jamshidning 70 yillik yubileyi bahonasida Toshkentdan yozuvchilar Nurali Qobul, Shoyim Bo’taev, Nabijon Hoshimovlar yaqinda Xo’jandda o’zbek kitobxonlarining badiiy uchrashuvini o’tkazishdi.
“O’zbekistonning Toshkent viloyati bilan chegaradosh Mastcho nohiyasining eski Ovzikent, hozirgi Navbahor qishloq jamoasiga qarashli Tarakent qishlig’imiz Qurama to’g etaklarida joylashgan. Shu hafta qishlog’imiz yoshu-qarisi Tohskendan sohibqiron Amur Temur haqida mehrli sahifalar bitgan sevimli yozuvchimiz Nurali Qobulni, O’zbekiston telekanallarida qo’yilagn qatoq seriallar ijodkori Shoyim Bo’taevni, yozyvchi Nabijon akalarni zo’r quvonch bilan kutib olishdi”, – deydi o’qitivchi va ojodkor Erali Jiyanboev.
Qurama to’g tizmasi etaklaridagi Tarakent qishlog’ida So’g’d o’zbek ijodkorlari Shoirteppa deb nomlagan balandlik bor, Tohskentlik yozuvchilar esa yangi bir tepaga Adiblar tepasi deb nom berishdi.
Qurama to’g tizmalari enlab joylashgan bir qator o’zbek qishloqlarining kitobsevarlar shu kuni Tarakentda yi’g’ilisdi, qariyib yigirma besh yildan beri chegara kesib o’ta olmayotgan oqsoqollar ham Nurali Qobulning daragini eshitib ochiq chegaralardan hassada oshib o’tishdi.
Mastcho nohiyasi raisi Toshkentlik adiblarni rasmiy ravishda qabul qildi, ular uchun sharoitlarni yaratib berdi.
Tojikistonning to’g etaklaridagi olis qishloqlarida bo’lgan mehmon o’zbek yozuvchilari bilan birga bu erda respublikadagi Shukur Burhonov nomli respublikadagi yagona o’zbek musiqali drama teatri xushovoz xonandasi Baxtiyor Elmurodov ham ikki xalq azaliy do’stligini kuyladi, davraga fayz kiritdi.
Etmishdan to’qson yoshgacha bo’lgan, chegaraning har ikki tomonidab bo’lgan Abduhamid Boboqulov, HayitboyKushnaev, Murod Sbonov, Mamat Umarqulov singari oqsoqollar qir-adirlar qo’ynida raqs tushganda maydonni elning olqish-qarsaklari tutib ketdi.
Bu olqish, bu qarsaklar aslida ikki qo’shni mamlakatlar liderlarining xalqlar do’stligini, birlikka olib boruvchi eski va yangi so’qmoqlarni ochayotgan siyosatiga baho edi.
Ravshan Shams
Xo’jand, Tojikiston