Yoshlar – har bir o’lkaning kelajagi. Biroq Afg’onistonda ular e’tibordan chetda. Ishsizlik yuqori. O’qimishlilar vatanni tark etmoqda. Giyohvandlikka mukkasidan ketganlar ham ko’p.
Yoshlar nazarida davlat tinchlikni ta’minlab, ular uchun ish o’rinlari yaratib berishi kerak. Buning ustiga sifatli ta’lim olish uchun sharoit mavjud emas, deydi ular.
Ammo yoshlarga umid beradigan yangiliklar ham yo’q emas. Masalan, Juzjon oliygohida talabalar uchun yangi binolar qurilmoqda, o’qish uchun sharoitlar yaxshilanmoqda. Bunday o’quv dargohlari mamlakat kelajagi uchun, yoshlar uchun katta ahamiyatga ega.
Quyida afg’onistonlik hamkorimiz Abdulbasir Ilg’or Juzjon oliygohidan jo’natgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.