Showing Archived Posts

Yosh jurnalistlar – ahillik targ’ibotchilari

Posted December 19th, 2016 at 5:27 pm (UTC-4)
Leave a comment

Qirg’izistonda faoliyat yurituvchi “Intimaq” (o’zbek tiliga tarjimasi – Ahillik) teleradiokompaniyasi qoshida ochilgan medialaboratoriya o’zining ilk bitiruvchilariga guvohnomalar topshirdi. Mahalliy oliygohlarda ta’lim olayotgan bir guruh talabalar va turli sohalarda ishlayotgan matbuot shaydolari bir necha oy mobaynida tinchlik va ahillikni targ’ib qilish yo’llari-usullarini o’rgandilar. Mashg’ulotlarni malakali mutaxassislar olib bordi. O’quv davomida yoshlar zikr qilingan y’onalishda – tinchlik-osoyishtalik, […]

Qirg’iziston: Birinchi xalqaro oqinlar festivalida yoshlar faol qatnashdi

Posted March 21st, 2016 at 11:58 am (UTC-4)
Leave a comment

Qirg’izistonda ilk bor o’tkazilgan xalqaro festival bejiz “Oqinlar shohi O’sh-Navro’z-2016” deb atalmadi. Qadim O’sh shahri uch kun davomida “oqinlar poytaxti” bo’ldi. SSSR xalq artisti, taniqli kinorejissyor Bolot Shamshiyev sahnalashtirgan nufuzli ko’rikda Qirg’iziston, Qozog’iston hamda Xitoy Xalq Respublikasi vakillari ishtirok etdi. Asrlar osha yashab kelayotgan “Aytish” (oqinlar aytishuvi, musobaqasi)  – xalq og’zaki ijodining yorqin namunasi. O’ziga […]

O’sh: ushalgan va ushalmagan orzular

Posted September 8th, 2014 at 1:39 am (UTC-4)
2 comments

O’sh meni o’ziga sehrlab qo’ydi. O’zbek, qirg’iz yoki rus, kimning xonadoniga bormay o’zimni uydagidek, bolaligim o’tgan hovlidagidek his etdim. 2010-yilning iyun oyidagi qonli voqealardan astalik bilan o’ziga kelayotgan, minglab qalblar bir umrga jarohatlangan bu azim shahar horg’in. Lekin ortiqcha shikoyat qilmaydi. Dardini ichiga yutib, kunini ko’rmoqda. O’shda hayot o’tgan to’rt yil ichida qanchalik o’zgardi deya […]

Bishkek – global, erkin, ta’mirtalab shahar

Posted September 1st, 2014 at 2:27 am (UTC-4)
1 comment

Sovet davrida Frunze, ungacha esa Pishpek, bugungi kunda esa Bishkek – Qirg’iziston poytaxti – o’tgan o’n yillikda ikki inqilob va qonli, tahlikali namoyishlarga guvoh bo’ldi. Markaziy Osiyoning boshqa biror markazi yaqin o’tmishda bu qadar siyosiy voqealarni boshdan kechirmagan. Biroq Bishkek bir qarashda Sovet davridan beri ko’p o’zgarmagandek. Imoratlar, ko’chalar eskirgan. Kommunizm nishonalarini ko’rasiz atrofda. Qizig’i, […]

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

September 2024
M T W T F S S
« Feb    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30