Tojikiston bozorlari hozir meva-sabzavotlarga to’la. Bog’larda yetilgan sabzavot, dalalarda pishgan poliz mahsulotlari ekologik tozaligi, mazasi va chiroyi bilan kishi e’tiborini tortadi.
Ayni kunlarda uy bekalari bozordan, yordamchi xo’jaliklaridan keltirgan meva-sabzavotlarda qishga “qo’r” qilishmoqda – banka berkitishmoqda.
“Bu yilgi bozorimizjuda to’kin. To’g’ri, mevalar oldingi yilllardagidan qimmatroq. Shaftolini 3 somondan, bulg’or qalampini 2 somondan, pomidorni bir yarimdan, sarimsoq piyozni esa 7 somondam xarid qildim, acchiq qalampir esa o’zimizda bor”, – deydi hovlisida yuzdan ortiq qo’lbola konserva berkitgan Zulxumor Ortiqova.
Zulxumorning turmush o’rtog’i Yigitali agrоnom. Uning aytichicha, Tojkistondek agrar mamlakat uchun pishiqchilik vaqtida shaftolining kilosi 3-4, anjir – 7, nok – 8, o’tacha qovun-tarvuzning donasi 5-6 somon bo’lishi achinarli bir hol.
Ayni kunlarda uy bekalari bozordan, yordamchi xo’jaliklaridan keltirgan meva-sabzavotlarda qishga “qo’r” qilishmoqda – banka berkitishmoqda.
“Bu yilgi bozorimizjuda to’kin. To’g’ri, mevalar oldingi yilllardagidan qimmatroq. Shaftolini 3 somondan, bulg’or qalampini 2 somondan, pomidorni bir yarimdan, sarimsoq piyozni esa 7 somondam xarid qildim, acchiq qalampir esa o’zimizda bor”, – deydi hovlisida yuzdan ortiq qo’lbola konserva berkitgan Zulxumor Ortiqova.
Zulxumorning turmush o’rtog’i Yigitali agranom. Uning aytichicha, Tojkistondek agrar mamlakat uchun pishiqchilik vaqtida shaftolining kilosi 3-4, anjir – 7, nok – 8, o’tacha qovun-tarvuzning donasi 5-6 somon bo’lishi achinarli bir hol.
“Tojikiston janubida yaqin 2-3 yilda o’n minglab gektar yangi bog’lar yaratildi. Nazarimda hozirgi narxlar vaqtinchalik, biror 2-3 yildan so’ng barcha sabzavot va poliz mahsulotlari bahosi ancha arzonlashadi. Mana bu yil erta bahordan Xo’jandga Xatlondan qulupmayning Amerika sortidan keltirib sotishdi. Qimmatroq bo’lsa ham, Amerikadan ko’chatini keltirib, mo’l hosil etishtirashayotganini eshitdim. Televizorda AQShning Tojikistondagi elchisi Elizabet Millard xonim o’z xodimlri bilan qu’lupnay paykaliga borib, tojik dehqon ayollari hosilidan bahramand bo’laytganini, ular bilan raqs tushganini ham ko’rdim. Amerikaliklar bizning hosilimizga yuqori baho bermoqda. Dehqonlarimiz qo’li oltin, biz ham qarab turganimiz yo’q”, – deydi mahalliy agrоnom.
Xo’janddagu mashhur Panjshanbe bozoriga mevalarini sotuvga chiqargan mahalliy bo’gbon aytadiki, olmasining narxi hozir 3 somon, ammo qishki navlari yangi yil arafasida ko’tarasiga 4 somondan sotiladi va bu qimmat emas.
“Bozorda dehqon ham, bo’g’bon ham savdolashib o’tirmaydi. Mahsulotini ko’tara sotadi-da, dalasiga tez qaytadi, olib sotuvchilar kelishib olgandek, narxni bir xil ko’tarib turishadi. Lekin insif qilib aytganda, shaharda narxlar nohiyalardagiga qaraganda yigirma besh foizgacha arzon, bu mo’l-ko’lchillikdan”, – deydu Bobojon Gafurov nohiysidan kelgan bog’bon.
Poytaxt Dushanbe va yirik shaharlada yoz oylarining dam olish kunlarida hafta oralatib qishloq xo’jalik mahsulotlarining arzon namoish bozorlari tashkil etilishi odat tusiga kirgan. Respublika shimolining Zafarabod, Spitamen, J. Rasulov, B. G’afuriv, Shahriston va Istravshan kabi nohiyalari har yili yozda poytaxt ko’clarida ulgurji savdo tashkil etishadi, ularga mahalliy hukumatlar sharoitlarni yaratib qo’yishgan.
“Bu yil qish oxirida kartoshka narxining yuqorilab ketgani tog’lik dehqonlarga bir muncha qo’l keldi. Rostini aytganda, ilgarigi yillardagi narx sabab, hosil uchun sarflagan mablag’u-kuchimizga achinardik. Kartoshkaning narxi bir somondan ham pastlab ketgandi, aqalli yo’l kiraning puliga ko’zimiz qiymagan paytlar bo’ldi”, – deydi tog’li Devashtich nohiyasining Mujun qishlog’idan bo’lgan dehqon Saidvali.
Ba’zi qishloq xo’jalik mahsulotlariga narx-navoning ko’tarilib ketganligi respublika hukumati e’tiboridan chetda qolmadi. Mamlakat rahbari Emomali Rahmon shaxsan o’zi tog’li nohiyalarda bo’lib, aholi uchun ikkinchi non o’rnini bosuvchi kartoshka ekini erlari bilan tanshdi, ekin maydonlarini kegaytirish va dehqonlarga qo’shimcha erlar ajratishga ko’rsatmalar berdi.
Tojikiston agrosanoat kompleksi rivoji uchun AQShning USAID programmalari asosida har yili respublikaga grant asosidagi loyihalar amalgam shiriladi. Programmaning qishloq xo’jaligi bo’yicha mutaxassisi Bob Morrisning bildirishicha, USAID har yili Tojikistonga 20-30 turdagi qishloq xo’jaligi ekinlari naini yuborib turadi.
Respublika qishloq xo’jaligi vazirligi mutassadilari bu yilgi g’alla-don mahsulotlari etishtirilishi ham chakki emas. Hozirgacha mamlakatda 750 ming tonnadan ortiqroq don mahsulotlari yi’gib olingan. Tojikiston bug’doyning tonnasini o’rtacha 207 dollardan import qiladi va asosan qo’shi Qozig’istonda oladi. Joriy yilda republika oldindagi yilga qaraganda 20 ming tonna atrofida kamroq bug’doy xaid qildi, bu ham bo’lsa mo’l hosildorlik sabab.
Oziq-ovqat ta’minoti respublika hukumatu siyosatining uch ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Hukumat ham, aholi ham buning qanchalar muhimligini yaxshi anglaydi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, respublika aholisining 30 foizdan ortiqrog’I hali ham qashshoqlikda umr kechiradi. Qozoni haftalab g’osht ko’rmaydigan oilalar yo’q emas. Bozorda hozir mol go’shtining kilosi 40 somonga boradi, qo’y go’shti esa biroz qimmat.
“Bozorimizdagi narxlar Moskva kabi shimol shaharlaridagidek, bu juda g’alati. U yerda Tukiyadan keltirilgan meva-sabzavot bizning mahalliy mevalarimiz bahosida sotiladi, men shuni tushunmayman”,- deydi Rossiyada ishlab oilasidagi to’y sabab vaqtincha uyga qaytgan Oybek.
Hozir Tojikistonda ayni pishiqchilik fasli, bozorlar meva-sabzavotlarning anvoyi navlariga to’la, ayrim qismlari hatto Yevropagacha eksport qilinmoqda. Xatlonlik dehqon ayollar yetishtirgan qulupnayning Kaliforniya navi hatto Belgiyada yetishtirilgani bilan bemalol bellasha oladi, deydi uning ta’mini tatib ko’rgan amerikaliklar.
Tojikiston janubida yetishtirilayotgan qovun-tarvuzlarning sarxil navlari esa mashur Mirzacho’lnikidan qolishmaydi.
Ravshan Shams
Xo’jand, Tojikiston