Tojikiston mustaqilligining 26 yilligi poytaxt Dushanbe va viloyatlarda keng nishonlanmoqda.

Sug’d viloyatida bayram qadimiy Istravshan shahrida o’tkazildi. Tojikiston respublikasi hozirda sakkiz yarim milliondan ortiq aholiga ega bo’lib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida bu jihatdan uchinchi o’rinda turib, hududining 93 foizini to’glar egallagan, agrar mamlakat.

Ishchi kuchining asosiy qismi mehnat muhojirligida va har yili ular orqali chet ellardan Tojikistonga  ikki millard dollardan ortiqroq mablag’ kirib keladi. Bu – respublikada ishlab chiqriladigan yalpi mahsulotning qariyb yarmiga teng.

Tojikistonda mintaqada O’zbekistondan tashqari eng ko’p, ikki milliondan ortiq o’zbek istiqomat qiladi. Mustaqillikdan so’ng ayrim o’zbek qavmlari statistikada alohida millat ko’rsatilsa-da, ular respublika ma’naviyati va iqtisoiy salohiyatini belgilovchi katta kuch hisoblanadi.

Istiqlolning ilk yillaida fuqarolik urushi komiga kirgan respublika o’sish yillar ko’rgan talofot o’sha yillar hisobida 10-12 millaird dollar atrofida  baholanadi. Rasmiylarga ko’ra, qariyib yetti yil davom etgan notinchlik sabab Tojikistonda yuz mingga yaqin kishi halok bo’lgan. Ruszabonlarning aksariyati respublikani tark etgan. Diniy aqidaparastlik va qoradori savdosi kuchaygan.

Istiqlolning 26 yili davomida respublika rahbariyati ham, oddiy fuqarolar ham hayotda siyosat va iqtisod nimaligi, yashash tarzi qanday bo’lishi kerakligi haqida ma’lum tushunchalarga kelishdi. Prezident Emomali Rahmon – millat peshvosi, tinchlik asoschisi deb tan olingan. Poytaxt Dushanbeda katta qurilishlar olib borildi. Jahon andozalariga mos mehmonxonalar, osmono’par turar-joy binolari barpo etilib, shahar zamonaviylashdi.

Sho’rolar davrida yuksak tog’lar bilan shimol va janubga ajralib qolgan mamlakat chet el investisiyalari ko’magida murakkab tunellar qazib, ikki mintaqani qishin-yiozni bog’lovchi yo’llar qurdi, agrar fermer xo’jaliklar rivojlantirildi.

Hozirda ayrim mutaxassislar tomonidan urush yillari aholiga sug’oriladigan yerlar prezident qaroriga ko’ra taqsimlangani tanqid qilinayotgan bo’lsa ham, bu qaror bug’doy va non taqchilligida xalqni muqarrar ochlikdan saqlab qolgan edi. Keksa va o’rta yosh aholi bundan yigirma yilcha muqaddam shahar va nohiyalarda  aholi uchun non grammlab sotilganini yaxshi eslaydi.

Mustaqillik yillarida Tojikiston hukumati siysoatida uch asosiy strategiya – oziq-ovqat ta’minoti, yo’l-transport qamalidan chiqish va energetik mustaqillikni ta’minlash ustuvor yo’nalish sifatida belgilangan. Mintaqada geografik joylanishi sabab, g’arb va shimolda tashqi dunyoga chiqishda Tojikiston qo’shni davlatlar, xususan O’zbekistonga muhtojlik sezadi. Sharqiy chegalar esa yana tog’li Qirg’iziston va Xitoy bilan bo’lib, bu yonalish iqtisodiy jihatdan aytarli faydali ko’rilmaydi.

AQSh hukmati va nodavlat tashkilotlari tarafidan Tojikiston uchun istiqlol yillarida ko’rsatilgan ko’maklar miqdori bir millard dollardan ortgan. Kelajakda republika iqtisodi rivojlanishida muhim vosita bo’lishi mumkin bo’lgan janubiy yo’nalishda – Afg’oniston tomon Panj va Amurdaryo ustida beshta yirik ko’priklar qurildi, chegara oldi bozorlari tashkil etildi, yangi chegara nazorat-otish postlari ochildi. Janubda notinch Afg’oniston bilan qariyib 1400 kilometrli chegara bor.

Qo’yida Tojikstonning Spitamen nohiyasi va Istravshan sharida istiqlol tantanalaridan olingan suratlar bilan tanishasiz. Istravshandan olingan suratlar muallifi Obloqul Musoev.

Ravshan Shams

Xo’jand, Tojikiston

Spitamen nohiya markazida bayram chiqishi

Rasmiylar uchun har doim oldingi qator ajratiladi, omma orqada

Onaxonlar

Nohiya badiiy havaskorlari sahnada

Xos tamoshabinlar

Militsiya-qo’riqchi

Ehtiyotkorlik chorasi

Xalq sayli

Qizaloqlar sahnaga hozirlanmoqda

Sahnaga chiqish oldidan

Nohiyaning a’lochi o’quvchilari

Bayrog’imiz-faxrimiz

Bobo va nevara

Rasmiylar uchun oldingi qator

Soldatlar jamoat tartibi uchun jalb etilgan

Markaziy ko’cha el sayli uchun transport harakatidan to’sib qo’yiladi

Bolasini yonida tutub bayram savdosi bilan band ona

Kimga bayram-kimga saavdo

Zebuniso ehtimol shunday davrlarni orzu etgandir

Istravshan

Istravshan

Istravshan

Istravshandagi teatrlashtirilgan bayram tantanasi

Mehnat faxriylari

Istiqlol raqsi

Istravshandagi tantana ishtirokchilari tojik milliy libosida