VOA
Qidirish
Bo’limlar
  • Arxiv
Vatan Manzaralari

Tojikistonda pishiqchilik lekin narxlar baland

Pishiqchilik, bozorda asosan ayollar

6-Sentabr, 2017
Baham ko’rish

Tojikiston bozorlari hozir meva-sabzavotlarga to’la. Bog’larda yetilgan sabzavot, dalalarda pishgan poliz mahsulotlari ekologik tozaligi, mazasi va chiroyi bilan kishi e’tiborini tortadi.

Ayni kunlarda uy bekalari bozordan, yordamchi xo’jaliklaridan keltirgan meva-sabzavotlarda qishga “qo’r” qilishmoqda – banka berkitishmoqda.

“Bu yilgi bozorimizjuda to’kin. To’g’ri, mevalar oldingi yilllardagidan qimmatroq. Shaftolini 3 somondan, bulg’or qalampini 2 somondan, pomidorni bir yarimdan, sarimsoq piyozni esa 7 somondam xarid qildim, acchiq qalampir esa o’zimizda bor”, – deydi hovlisida yuzdan ortiq qo’lbola konserva berkitgan Zulxumor Ortiqova.

Zulxumorning turmush o’rtog’i Yigitali agrоnom. Uning aytichicha, Tojkistondek agrar mamlakat uchun pishiqchilik vaqtida shaftolining kilosi 3-4, anjir – 7, nok – 8, o’tacha qovun-tarvuzning donasi 5-6 somon bo’lishi achinarli bir hol.

Sug’d viloyat markazi Xo’jand shahridagi mashur Payshanbe mavzesi

Payshanbedagi bozor hovlisida dehqonlarning o’zi savdo qilishadi

Sarxil mevalar rastasi

Shakar omaning Husni Yusuf navi bolajanlar uchun sevimli meva hisoblanadii

Sohibi antiqa nomer qo’ygan bu arava yangi xaridorni kutmoqda

Quriitilgam meva-sabzavotlar rastasi

Bozor rsatalarida qishin yozin taqchil eguliklar topsa bo’ladi

Jabbor Rasulov nohiya markaziy sabzavot bozori ko’chishdan oldin

Aravada ko’cham qovun sotuvchisi

Bozor poliz mahsulotlariga to’la

Pishiqchilik, bozorda asosan ayollar

Ayollar qarovsiz qolgan yosh bollarini o’zi bilan olib yurishga majbur

Bozor ko’chalarida o’z hovlisida etishtirilgan mevalarni sotib, ro’z’gor tebratuvchilar ham bor

Xaridor va sotuvchi

Kadu husayn uzum navi qimmaroq bo’lsada. dastuxonga yarashadi

Ko’k o’tlar rastasi

Mahalliy aholi etishtirilgan sabzavotlardan turli tuman salatlar tayorlab chiqishadi

Naqsh olmalar kun oftobida jilolanadi

Sabzavotlar

Shaftoli, nok, olma, uzum narxlari oldingi yildagiga nisbatan balandroq

Shifobaxsh goyohlar va kadidan tayorlangan sambusa bozori har doim chaqqon bo’lgan

Sug’dda etishtirilgam sabzavotlar narxi bu yil qimmatroq bo’lsada, xaridorgir

Tandir non rastasi

O’zbk dehqon qizlari savdoda

Olibsotar ayollar

Go’sht rastasi

Bu keksa onaxon bir parcha erida etishtirilgan ko’katlar va o’smani doim shu erda sotadi

Hordiq chiqarayotgan arobakash

Anbaroy nomi bilan maxsus yopiladigan sergo’sht tandir sombusaning donasi qarib ikki dollar, vazni yarim kilogcha boradi, xaridorgir

Tanddirga Anbaroy sombusasi yopilmoqda

Xo’jandning Chorshanbe mavzesidagi ko’cha savdosi

Ko’chalarda tartibsiz savdoni cheklashga intilsalarda shaharlik sotuchilar chehha-chekkadan savdo qilishga harakat qilishadi

Nohiya bozorida


Ayni kunlarda uy bekalari bozordan, yordamchi xo’jaliklaridan keltirgan meva-sabzavotlarda qishga “qo’r” qilishmoqda – banka berkitishmoqda.

“Bu yilgi bozorimizjuda to’kin. To’g’ri, mevalar oldingi yilllardagidan qimmatroq. Shaftolini 3 somondan, bulg’or qalampini 2 somondan, pomidorni bir yarimdan, sarimsoq piyozni esa 7 somondam xarid qildim, acchiq qalampir esa o’zimizda bor”, – deydi hovlisida yuzdan ortiq qo’lbola konserva berkitgan Zulxumor Ortiqova.

Zulxumorning turmush o’rtog’i Yigitali agranom. Uning aytichicha, Tojkistondek agrar mamlakat uchun pishiqchilik vaqtida shaftolining kilosi 3-4, anjir – 7, nok – 8, o’tacha qovun-tarvuzning donasi 5-6 somon bo’lishi achinarli bir hol.

“Tojikiston janubida yaqin 2-3 yilda o’n minglab gektar yangi bog’lar yaratildi. Nazarimda hozirgi narxlar vaqtinchalik, biror 2-3 yildan so’ng barcha sabzavot va poliz mahsulotlari bahosi ancha arzonlashadi. Mana bu yil erta bahordan Xo’jandga Xatlondan qulupmayning Amerika sortidan keltirib sotishdi. Qimmatroq bo’lsa ham, Amerikadan ko’chatini keltirib, mo’l hosil etishtirashayotganini eshitdim. Televizorda AQShning Tojikistondagi elchisi Elizabet Millard xonim o’z xodimlri bilan qu’lupnay paykaliga borib, tojik dehqon ayollari hosilidan bahramand bo’laytganini, ular bilan raqs tushganini ham ko’rdim. Amerikaliklar bizning hosilimizga yuqori baho bermoqda. Dehqonlarimiz qo’li oltin, biz ham qarab turganimiz yo’q”, – deydi mahalliy agrоnom.

Xo’janddagu mashhur Panjshanbe bozoriga mevalarini sotuvga chiqargan mahalliy bo’gbon aytadiki, olmasining narxi hozir 3 somon, ammo qishki navlari yangi yil arafasida ko’tarasiga 4 somondan sotiladi va bu qimmat emas.

“Bozorda dehqon ham, bo’g’bon ham savdolashib o’tirmaydi. Mahsulotini ko’tara sotadi-da, dalasiga tez qaytadi, olib sotuvchilar kelishib olgandek, narxni bir xil ko’tarib turishadi. Lekin insif qilib aytganda, shaharda narxlar nohiyalardagiga qaraganda yigirma besh foizgacha arzon, bu mo’l-ko’lchillikdan”, – deydu Bobojon Gafurov nohiysidan kelgan bog’bon.

Poytaxt Dushanbe va yirik shaharlada yoz oylarining dam olish kunlarida hafta oralatib qishloq xo’jalik mahsulotlarining arzon namoish bozorlari tashkil etilishi odat tusiga kirgan. Respublika shimolining Zafarabod, Spitamen, J. Rasulov, B. G’afuriv, Shahriston va Istravshan kabi nohiyalari har yili yozda poytaxt ko’clarida ulgurji savdo tashkil etishadi, ularga mahalliy hukumatlar sharoitlarni yaratib qo’yishgan.

“Bu yil qish oxirida kartoshka narxining yuqorilab ketgani tog’lik dehqonlarga bir muncha qo’l keldi. Rostini aytganda, ilgarigi yillardagi narx sabab, hosil uchun sarflagan mablag’u-kuchimizga achinardik. Kartoshkaning narxi bir somondan ham pastlab ketgandi, aqalli yo’l kiraning puliga ko’zimiz qiymagan paytlar bo’ldi”, – deydi tog’li Devashtich nohiyasining Mujun qishlog’idan bo’lgan dehqon Saidvali.

Ba’zi qishloq xo’jalik mahsulotlariga narx-navoning ko’tarilib ketganligi respublika hukumati e’tiboridan chetda qolmadi. Mamlakat rahbari Emomali Rahmon shaxsan o’zi tog’li nohiyalarda bo’lib, aholi uchun ikkinchi non o’rnini bosuvchi kartoshka ekini erlari bilan tanshdi, ekin maydonlarini kegaytirish va dehqonlarga qo’shimcha erlar ajratishga ko’rsatmalar berdi.

Tojikiston agrosanoat kompleksi rivoji uchun AQShning USAID programmalari asosida har yili respublikaga grant asosidagi loyihalar amalgam shiriladi. Programmaning qishloq xo’jaligi bo’yicha mutaxassisi Bob Morrisning bildirishicha, USAID har yili Tojikistonga 20-30 turdagi qishloq xo’jaligi ekinlari naini yuborib turadi.

Respublika qishloq xo’jaligi vazirligi mutassadilari bu yilgi g’alla-don mahsulotlari etishtirilishi ham chakki emas. Hozirgacha mamlakatda 750 ming tonnadan ortiqroq don mahsulotlari yi’gib olingan. Tojikiston bug’doyning tonnasini o’rtacha 207 dollardan import qiladi va asosan qo’shi Qozig’istonda oladi. Joriy yilda republika oldindagi yilga qaraganda 20 ming tonna atrofida kamroq bug’doy xaid qildi, bu ham bo’lsa mo’l hosildorlik sabab.

Oziq-ovqat ta’minoti respublika hukumatu siyosatining uch ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Hukumat ham, aholi ham buning qanchalar muhimligini yaxshi anglaydi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, respublika aholisining 30 foizdan ortiqrog’I hali ham qashshoqlikda umr kechiradi. Qozoni haftalab  g’osht ko’rmaydigan oilalar yo’q emas. Bozorda hozir mol go’shtining kilosi 40 somonga boradi, qo’y go’shti esa biroz qimmat.

“Bozorimizdagi narxlar Moskva kabi shimol shaharlaridagidek, bu juda g’alati. U yerda Tukiyadan keltirilgan meva-sabzavot bizning mahalliy mevalarimiz bahosida sotiladi, men shuni tushunmayman”,- deydi Rossiyada ishlab oilasidagi to’y sabab vaqtincha uyga qaytgan Oybek.

Hozir Tojikistonda ayni pishiqchilik fasli, bozorlar meva-sabzavotlarning anvoyi navlariga to’la, ayrim qismlari hatto Yevropagacha eksport qilinmoqda. Xatlonlik dehqon ayollar yetishtirgan qulupnayning Kaliforniya navi hatto Belgiyada yetishtirilgani bilan bemalol bellasha oladi, deydi uning ta’mini tatib ko’rgan amerikaliklar.

Tojikiston janubida yetishtirilayotgan qovun-tarvuzlarning sarxil navlari esa mashur Mirzacho’lnikidan qolishmaydi.

Ravshan Shams

Xo’jand, Tojikiston


Baham ko’rish
Bo’limlar
Markaziy Osiyo, Tojikiston
Teglar
hosil, meva, sabzavot, tojikiston

Avvalgi maqola

Tojikiston So’g’dida Tog’li Badaxshon madaniyati haftaligi

Keyingi maqola

Tojikiston bo'ylab mustaqillik tantanalari

Izohlar

Izoh qoldirish Bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Barcha qatorni to’ldirishingiz kerak.

0 izoh Bahsga qo’shiling

Muallif bilan tanishing:

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi" bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi. Malik Mansur tanqidiy maqolalari uchun 2010-yilda davlat organlariga tuhmat qilganlik, haqoratlaganlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlik aybi bilan Toshkentda sudga tortilgan. Jurnalist va uning reportajlarini efirga uzatgan "Amerika Ovozi" bu ayblovlarni asossiz deb hisoblab, sud ishini so'z va matbuot erkinligini cheklash uchun qilingan qadam deb atagan. Bafurja ma’lumotlar...

Ushbu blog haqida:

O'zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi bugungi ahvol, siyosat, iqtisod, jamiyat... Yurtdoshlar nima fikrda? Ularni qanday masalalar qiynamoqda? Marhamat, shu sahifada munozara yuriting. Bu blog siz uchun ochiq. Vatandagi bugungi manzara sizga qanday ko'rinayotganini izohlab berishingiz mumkin.

Qoraqalpog’istonda adolat bormi?

28-Iyul, 2021

Jazo faqat mahalliy blogerlar uchunmi?

14-Iyul, 2021

Jadidchilarning “O’zbek lotin alifbosi”dan namuna olish kerak

30-Mart, 2021

Karimov merosi va yangi O’zbekiston mafkurasi

2-Fevral, 2021

Dubayda nimaga fohisha ko’paydi?

7-Yanvar, 2021

Energetika tizimidagi inqiroz: prezidentning tanqidi vaziyatni o‘zgartirdimi?

29-Dekabr, 2020

Qish va “Yangi O’zbekiston” 

23-Noyabr, 2020

O’zbekistonda jadidlarga e’tibor oshdimi?

6-Oktabr, 2020

O’zbekistonda maktab direktori nega o’zini osdi? (Video)

28-Sentabr, 2020

O’zbekistonda Uyg’onish davri boshlandimi?

31-Avgust, 2020

Toyloqlik hikoyasi: Shaharda yashasam bo’larkan, tezroq yordam olarmidim…

11-Avgust, 2020

O’zbekistonda ijtimoiy himoya oqsab qolganini prezident ham tan olmoqda

7-Avgust, 2020

Shukrullo xotirasi: nega shoir mustaqillik davrida ham taqiq ostida qoldi?

23-Iyul, 2020

Jurnalist Baxtiyor Karim nega 42 kundan beri karantinda?

17-Iyul, 2020

Mirziyoyev Rossiyada nega Georgiy lentasini taqdi?

25-Iyun, 2020

Shavkat Mirziyoyev islohotchi prezident maqomini oqlay oladimi?

18-Iyun, 2020

Andijon fojiasi… 15 yil o’tib

13-May, 2020

Markaziy Osiyoda koronavirus davrida siyosiy avtoritarizm kuchaymoqda

21-Aprel, 2020

Hokimlar xalqni haqoratlash, kaltaklash jur’atini qayerdan olyapti?

3-Mart, 2020

Oyog’i yerdan uzilgan hokimlar jazosiz qolmoqda

3-Yanvar, 2020
VOA
  • Arxiv