“O’sh sadosi” viloyat gazetasi (dastavval “Kommunist”, keyinchalik “Paxta uchun”, “Qirg’iziston haqiqati”, ‘Lenin yo’li”) 1932 yil asoslanib, Janubiy Qirg’izistonning eng nufuzli ahborot vositalaridan biri bo’lgan.
Ushbu dargohda Shavkat Rahmon, Tursunboy Adashboyev kabi o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalari qalami charxlangan.
Ma’lum sabablarga ko’ra, keyingi o’n yilliklarda muxlislarning bosimli qismidan ajragan gazeta yangi sharoitga moslashish va avvalgi mavqeni tiklash harakatida.
Ro’znomaning bayramiga bag’ishlangan marosimda hukumat idoralarining vakillari, qo’shni viloyatlar delegatsiyalari hamda O’zbekistonning Andijon viloyatidan kelgan qalamkashlar qatnashdi.
Suratlar va matn muallifi Muhiddin Zarif