“Shahriston” tunneli Tojikiston janubi va shimolini bir-biriga bog’laydi. Tunnel 2012-yil xitoyliklar tomonidan qurib ishga tushirilgan. Natijada qorli tog’ yo’llaridan o’tadigan bir necha soatlik xavfli safar ikki soatga qisqargan.

Quyida Tojikistonning ushbu tog’li hududiga uyushtirilgan safar davomida olingan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Suratlar muallifi Ravshan Shams

Tog’li Ayniy nohiyasi qishlog’i markazi

Yo’lning og’ir qismi, Shahriston dovoniga chiqib borish

Xitoyliklar qurgan Shahriston tunneli

Shahriston dovoniga chiqish oldidan o’zbeklar qurgan oshxona

Oshxona oldidagi harsang fontancha

Mehmonxona Tojikistonda konstitutsion tuzum o’rnatishda halok bo’lgan o’zbek o’g’loni ismi bilan ataladi.

Tog’dagi surma koni

Mahalliy aholi tog’ qoyalarini o’yib surma qazib olishadi.

Zarafshon daryosi yoqalab qishloqlar mana shunday tepaliklarda ham joylashgan.

Zarafshon daryosiga borib quyiladigan kichik irmoq dengiz sathidan 3400 metr balandlikda joylashgan.

Tog’lardagi abadiy qorliklar

Yemirilayotgan tog’ qoyalarida million yillar naqshini ko’rish mumkin.

Tog’dagi ko’mir konida qazish uchun portlash o’tkazildi.

Konlarda portlash o’tkazilayotganda qatnov vaqtincha to’xtatiladi.

Dovonda peshin namozi

Dovonda avtohalokatga uchragan avtomobillar

Dovonda avtohalokatga uchragan avtomobillar

Dovonda cho’ponlar suruv haydamoqda.

Dengiz sathidan uch ming metr balandlikda joylashgan bozorcha

Birgina shifobaxsh o’rikning sakkiz tur quritilgan navini xarid qilish mumkin.

Baland tog’ dovonlarida sho’rtak qurut qon bosimi ko’tarilishidan asraydi.

Dovonda quritilgan meva sotuvchisi

Yo’lovchilar tog’dagi bozorchadan xarid qilmasdan o’tishmaydi.

Cho’qqilar balandligi to’rt ming metrdan ortadi.