Shu kunlarda Tojikiston shimolidagi Spitamen nohiyasida tog’li tojik cho’ponlar va o’zbek dehqonlar orasida katta janjal ro’y berdi.

Ravshan Shams, Tojikiston

Bir o’zbek Spitamen markaziy kasalxonasida og’ir ahvolda yotibdi. Tojik podachilaridan biri va yana ikki o’zbek dehqon ham shu yerda. Bir necha kishi jarohatlangan, har ikki tomondan.

Yuzlab qo’yni soy oralab, yaylovga haydab ketayotgan cho’ponlarning moli Spitamen nohiyasining Qo’shtegirmon qishlog’ida o’zbek dehqonlarining paxta maydoniga kirib ketgan.

O’zini jabrdiyda hisoblovchi tojik cho’pon Boqijon Boqiyevning aytishicha, masala uzoq tarixga ega.

“Birodari aziz, bu bir-ikki yillik ish emas, bir necha yillik ish. Biz biror yerga zarar yetkazganimiz yo’q. Bular jamoa bo’lib yashashadi. Qarangki, bir kechada 19 kishi yig’lib olishdi, har xil yomon ihlarni qilishadi. Ukam Abdumutalibni urishibdi, o’ldi deyishdi. Mening yoqamdan olib bo’g’ishdi, tosh bilan jag’imga urishdi, behush yotganimda cho’ntagimdan 2300 somondan ortiqroq pulimni shilib ketishibdi”, – deydi Boqijon.

36 yoshli Davron Umrzoqov

Davron Umrzoqov

Jabrdiyda Do'stmat Umrzoqov

Do’stmat Umrzoqov

Jarohat izlari

Davron Umrzoqov olgan jarohatlar

Ktaklangan alDo'stmat Umrzoqov kasalxonada

Do’stmat Umrzoqov

Yelkasi, beli va qovurg’asi jarohatlanib, qo’li sindirilgan Davron Umrzoqov ham kasalxonada. Uning jiyani Do’stmat o’gir ahvolda. Davron deydiki, u tojik cho’ponlar bilan gaplashib turganida boshqalari kelib, tayoq bilan uni savalashgan.

“Janjal bo’lmasin deb bordik ajratishga, gaplashib turganimizda uchta yoshrog’i yugurib kelib, shu urgandan urdi… Hushimdan ketib yotib qolibman”, – deydi Davron.

Davronning onasi Karomat Usmonova fikricha, o’gli va jiyani podani ekin maydonidan qaytarishga harakat qilishgani uchun ham ayovsiz kaltaklangan.

“Biz dehqon xo’jaligimiz. Ular kelib bizning dehqonchiligimizga qo’y boqishi mumkinmi? Boqma deb aytishga haqqimiz bor-ku! Bizning mehnatimizga ularning zarar yetkazishga haqqi yo’q! Ular bultur ham paxta yrlarimizga kirgan, indamaganmiz. Bu bolalar kechasi dehqonchiligimizni mol bosmasin deb borgan. Uning urushini bilsa, bular ham qo’liga tayoq olardi, bir nima olardi. Buning orqasini bir ko’ring, turolmaydi o’rnidan, inson insonni shunday ursinmi? Yotsa yotolmaydi, o’tirsa turolmaydi”, – deydi jabrdiydaning onasi.

Cho’pon Boqijonning ukasi Abdumutalib hikoya qilishicha, tojik ham, o’zbek ham tapato’pda oyoq ostida qolib ketdi, militsiyaning aralashuvi ham janjalga barham bermadi.

“Militsiyaning kelganiga qaramasdan tepadan turib urushdi, 21 kishi edi. Akamni urib, jarohatlashdi, ko’prikning tepasidan turib toshbo’ron qilishdi, boshimni yorishdi”, – deydi Abdumutalib.

Kaltaklanib, boshi yorilgan suvchi Jo’rabek ishlayotgan dehqon xo’jaligi raisi To’faniso Qosimovaning aytishicha, jabrdiydani kasalxonaga qabul qilishlari ham qiyin bo’ldi.

“Mening suvchim u, dedim. Boshi yorilib yotibdi, ikkita chok tushgan desam, “bo’pti, ma!” deb menga daftarni otdi. Mana xotini ham bor, qog’ozni berdi. Biz borib keyin kasallik tarixini ochdirib keldik, keyin u bolani qabul qildi”,- deydi fermer ayol.

Suvchi Jo’rabek Rasulov paxtazorlarga kirayotgan qo’ylarni qaytarishga qo’shni qishloq odamlarini yordamga chaqirgan. Ularni ham urishdi, deydi u.

“Buning orasida Do’stmatni urib ag’darib tashladi, Boqi deganimni bilaman, qo’shtayoq bilan shunday kelib urib ag’darib tashladi. Keyin amallab qochib chiqib ketdimda, borib o’tni orasida yotdim. Chaylamga gandiraklab borsam, ikkita ena-bola to’rt qo’yimni qo’shib olib ketibdi”, – deydi Jo’rabek.

Hozir kasalxonada davolanayotgan Davron va Do’stmatning amakisi Baxtiyor shunday deydi:

“Hamma yog’ida, orqalarida tayoqning izi. Qo’yi kirgan ekan, bular qaytaramiz desa ular janjal qilgan. Uch gektar paxta yerini tamom poymol qilib tashlagan. Kelib akamga aytipti. U borsa, yana uribti”, – deydi Baxtiyor.

Jabrdiydalarning onasi Nasiba Abdusalomova urush bo’lgan joyga borgan ikki militsiya xodimini ham kaltaklashsa, ular mashina ichiga kirib ketgan, deydi.

“Militsiyaning qo’lidan hech narsa kelmagan. Lekin ular shu ishni ko’zlari bilan ko’ra turib, bu yerga kelib yana bularga zo’rlik qilishgan. Militsiya u yerga olib kelib, kaltak yegizgan, urgan. Sanlarning nimang bor, bularning dasturxoni bor debdi. Militsiyada shunday gap bo’lishi mumkinmi? Bu yerda – kasalxonada mana shu militsioneri lekin tojik tilida gapir deb manga o’dag’aylagani bir oshib tushdi. O’zbekzabon bo’lish… Tojikistonda man tug’ilganman, ota-bobom shu yerda tug’ilgan, faqat o’zbekzabonmiz xolos, millatchilik qiladi. Masalan, farzandingiz shu ahvolda, shokda turibsiz. Man tojik tilini tushunaman, lekin gap qaytarib berishga qiynalaman. Mana shu Nov (hozirgi Spitamen nohiyasi oldin Nov atalgan) rayonida nechta qishloq bo’lsa, hammasi o’zbek qishloq. Yoshligingizda maktabda o’qitgan bo’lsa til bilasiz, bizni vaqtimizda tojik tilini bir soat ham qo’ymaganku, u bizni aybimiz emasku! Mani bola much kun qon tashadi zardob bilan, haliyam uch qoshiq ovqatdan ortiq ovqat egn yo’q hozirgacha”,- deydi Nasiba Abdusalomova.

Vaziyatni chekkadan kuzatayotgan ba’zilarning fikricha, tafsilotlardan xabardor tibbiy xodimlar va militsiya munosabatida ayricha qarashlarni anglash mumkin.