Andijon fojiasi… 15 yil o’tib
Xunrezlik uchun bevosita javobgar tuzum 2005-yilning 13-mayidagi qonli voqealarni eslash taqiqlagan edi. Lekin bugungi rahbariyat ham bu tarixni eslash, unga oydinlik kiritish niyatida emas. O’zbekiston xalqi uchun ham yuzlab insonlar qurbon bo’lgan kun begonadek. Umuman bu jamiyatda hukumatga norozilik ifoda etilgan fojialarni xotirlash ehtiromda emas, hatto vatan bosqiniga qarshi isyon bo’lsa ham. […]
Sobiq MXX DXX qiyofasida qayta tiklanadimi?
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijondagi bayonoti avvalgilaridan huquq-tartibot idoralariga nisbatan ishonch tiklanayotganiga bilan farq qildi. Bayonot hozirgi DXX, Karimov davridagi MXX kabi, Prezidentning asosiy tayanch kuchiga aylanishidan darakdek. Mirziyoyevga ko’ra, DXX chilar odamlar qanday tush ko’rayotganidan tashqari boshqa hamma vaziyatni yaxshi biladi, xabardor. Ularning bu qudratini yuksaltirish uchun xorijdan yangi uskunalar, texnologiyalar xarid qilishga kelishilgan. Katta […]
Ostona sammiti Markaziy Osiyoda yangi davrdan darak
Ostonada 15-mart kuni o’tgan mintaqaviy sammit prezidentlar muhokamasidagi masalalar, imzolangan qo’shma bayonot bilan emas, aynan bo’lib o’tgani bilan ahamiyat kasb etdi. Sammit haqida OAVdagi maqolalarning aksariyatida Markaziy Osiyoda yangi davr boshlanayotganiga diqqat qaratildi. Mintaqa liderlarining salkam 10 yillik tanaffusdan so’ng o’tgan sammiti, albatta geosiyosiy talqinlarda xoli emas. “Eurasianet” sayti mintaqa liderlari muvofiqlashish uchun dastlabki harakatni […]
O’zbekiston iqtisodiyoti: bugun va kelajak
Muallif: Arobiddin Turaxanov, investitsiya bo’yicha katta mutaxassis. Andijonda tug’ilgan. “Umid” fondi orqali Britaniyada iqtisodiyot sohasida o’qigan. 2004-yildan beri AQShda yashaydi. “Fortune 500” ga kiruvchi turli kompaniyalarda ishlab, 10 milliard dollarlik portfelni boshqargan. Nyu-York moliya markazi “Wall Street”da faoliyat yuritgan. Hozirda sarmoya (aksiya va obligatsiya) bo’yicha kompaniyada tahlilchi. O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatar ekanman, 1998-2001 yillari “Umid” […]
Mirziyoyev uzoq kutilgan yetakchi bo’la oladimi?
O’zbekiston mustaqilligining chorak asrlik davri mamlakatga reformator yetakchi taqdim etmadi. Bu turg’unlikdan so’ng hokimiyatga kelgan Shavkat Mirziyoyevda uzoq kutilgan shu islohotchi lider bo’lish imkoniyati bor, rejalagan islohotlari, rivojlanish dasturi, asosiysi, o’zgarishlarga ehtiyojning yasama emasligi shunday umid uyg’otmoqda. Men Mirziyoyevga madh o’qishdan yiroqman, u boshchiligidagi yangi hokimiyat faoliyati haqida tanqid, shubha va umidlar bildirilgan ko’plab maqolalar […]
Tojikiston bo’ylab mustaqillik tantanalari
Tojikiston mustaqilligining 26 yilligi poytaxt Dushanbe va viloyatlarda keng nishonlanmoqda. Sug’d viloyatida bayram qadimiy Istravshan shahrida o’tkazildi. Tojikiston respublikasi hozirda sakkiz yarim milliondan ortiq aholiga ega bo’lib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida bu jihatdan uchinchi o’rinda turib, hududining 93 foizini to’glar egallagan, agrar mamlakat. Ishchi kuchining asosiy qismi mehnat muhojirligida va har yili ular orqali chet […]
Vitaliy Klichko Kiyev meri sifatida qasamyod keltirdi
5-iyun kuni Ukraina poytaxti Kiyevga mer etib saylangan “UDAR” partiyasi rahbari Vitaliy Klichko qasamyod keltirib, rasman o’z vazifasiga kirishdi. U kiyevliklar uchun yaxshiroq hayot yaratishga va poytaxtni Yevropaning eng zamonaviy shaharlaridan biriga aylantirishga va’da berdi. Quyida qasamyod jarayoni aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz. Suratlar muallifi Malik Mansur.
Vatanni vatandoshlardan begona qilayotgan og’riqlar
Yaqin bir do`stimdan xat oldim. U mendan Rossiya fuqaroligini olish imkoniyatlari haqida so`rabdi. Og’aynimning yozishicha, sharoitdan kelib chiqib va istiqbolni o`ylagan holda Rossiya fuqaroligini olish yomon emas. Ikki yildan buyon xorijda yurgan mendek odam uchun vatanda o`z istiqbolini ko`ra olmayotgan do`stga maslahat berish og`ir. Do`stim ziyoli odam, mamlakat hayoti va taqdiriga befarq emas. Hozirgacha umid […]
O’zbekistonning Qrim haqida sukut saqlashga haqqi yo’q!
Qrim bosqini bu faqat qrim tatarlari boshidagi fojea emas, balki inqirozni diqqat bilan kuzatib turgan mintaqaning boshqa davlatlari, xususan, O’zbekiston uchun ham tahlikali xabardir. Ammo shu paytgacha bildirilgan munosabatlarga e’tibor beradigan bo’lsak, tahlika ko’lami yaxshi anglanmagandek. Qrim bosqini butun dunyo bo`ylab muhokama qilinar ekan, nafaqat mintaqa rasmiylarining, balki turkiy dunyo birligi haqida bong uruvchi ziyolilarning […]
Karimovlar xonadonidan kelgusida nimalarni kutish mumkin?
Nihoyasiga yetayotgan yilning muhim voqeasi, shubhasiz, bosimga uchrab, mol-mulki va maqomidan ajragan Gulnora Karimovaning hukumatdagi ziddiyatlarga doir ayrim ma`lumotlarni jamoatchilikka oshkor etgani bo`ldi. Mojaro hali tugamadi, Gulnora Karimova qismatining yangi yilda kutilayotgan ehtimoliy xotimasi “Twitter” doirasidagi oshkoraliklarni bir qadar kengroq maydonga ko`chirishi ham mumkin. Har holda, Turkiyaning “Hurriyat” nashriga berilgan intervyu so`nggi oylar davomida Gulnora […]