Showing Archived Posts

Pandemiya AQSh yoshlariga qanday ta’sir qildi?

Posted September 10th, 2020 at 8:02 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShda ko’pchilik yoshlar ota-onasidan alohida yashaydi. Biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyat ularni ota-onalari bag’riga qaytargan. Bunday yirik ko’rsatkich 1930-yillarda yuz bergan inqiroz davridan beri qayd etilmagan. 18-29 yoshli qatlamning aksariyati pandemiya, ishxona va ta’lim muassasalarining yopilishi, karantin yoki ishsizlik tufayli uylariga qaytgan, deyiladi Pyu tadqiqot markazi hisobotida. Eng yuqori ko’rsatkich iyul oyida qayd […]

Posted in Turli xil

Issiqko’l durdonalari: toshda qotgan san’at

Posted January 12th, 2018 at 10:31 am (UTC-5)
Leave a comment

Qirg’izistonda, Tyan-Shan tog’ tizmalari ichida joylashgan Issiqko’lni Markaziy Osiyo gavhari deb atashadi. O’tgan yil biz ushbu go’shada bo’lib, nodir suv havzasi hamda atrofdagi osmono’par tog’lar hayoti haqida hikoya qilgan edik. Galdagi fotolavha Shimoliy Issiqko’ldagi xarsang toshlarga o’yib solingan tasvirlar (petrogliflar) to’plamiga bag’ishlandi. Ajdodlarning ushbu noyob tuhfasi hozirda Issiqko’l Davlat tarix-madaniyat muzey-qo’riqhonasi tarkibida  bo’lib, maydoni qirq […]

Posted in Turli xil

Yosh jurnalistlar – ahillik targ’ibotchilari

Posted December 19th, 2016 at 5:27 pm (UTC-5)
Leave a comment

Qirg’izistonda faoliyat yurituvchi “Intimaq” (o’zbek tiliga tarjimasi – Ahillik) teleradiokompaniyasi qoshida ochilgan medialaboratoriya o’zining ilk bitiruvchilariga guvohnomalar topshirdi. Mahalliy oliygohlarda ta’lim olayotgan bir guruh talabalar va turli sohalarda ishlayotgan matbuot shaydolari bir necha oy mobaynida tinchlik va ahillikni targ’ib qilish yo’llari-usullarini o’rgandilar. Mashg’ulotlarni malakali mutaxassislar olib bordi. O’quv davomida yoshlar zikr qilingan y’onalishda – tinchlik-osoyishtalik, […]

Almati – tog’lar bag’ridagi mag’rur, qimmat va xushmanzara metropolis

Posted October 6th, 2014 at 12:55 am (UTC-5)
1 comment

Qozog‘istonga Bishkekdan mashinada bordim. Chegaradan o‘tish osonlashibdi. Uch soatlik yo‘l, tirband ko’chalarda tiqilib qolmasangiz. Almati mintaqaviy markazga aylangan. Qimmat. Muomala ham shunga yarasha. Shahar Qozog‘iston timsoli, o‘ziga ishonchi baland. 2022-yilgi Qishki Olimpiadaga mezbonlik qiladimi-yo’qmi, buni kelasi yil yozda bilamiz. BISHKEKDAK ALMATI TOMON: VIKTOR VA MEN Chegaradan o’tish dunyoning qayerida bo’lmasin, yurakni biroz bo’lsa-da taka-puka qiladigan […]

Jalol-Obod, Arslonbob va O’zgandagi bebaho lahzalar

Posted September 20th, 2014 at 12:35 am (UTC-5)
1 comment

JALOL-OBOD O’sh singari Jalol-Obodga ham yarim kechada kirib bordim. Shahar markazidagi xonadonda mezbonlarimning ko’zi chaqnaydi, xuddi endi tong otib, yaqin bir tanishlari nonushtaga kelgandek. Katta zalda chiroyli dasturxon yozilgan, issiq ovqat tayyor. O’zimni koyidim – ertaroq yetib kelolmaganim uchun. Buning imkoni bormidi o’zi? Albatta yo’q, chunki mintaqamizda yarim soatlik uchrashuv aslida uch soat degani, uch […]

Salom, yoshlar!

Posted February 14th, 2014 at 8:24 pm (UTC-5)
Leave a comment

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin. Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. […]

Posted in Turli xil

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

November 2024
M T W T F S S
« Feb    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930