Markaziy Osiyoning olti mamlakati (Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) xalqlari birdam bo‘lib yashashi va umumiy sa’y-harakatlar bilan rivojlanishi kerakligi haqidagi fikr – yangilik emas. Ko‘p o‘qimishli va obro‘li odamlar bunday fikrni ilgari surganlar. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra, shu paytgacha bunday bunyodkor fikr shirin umidligicha qolib kelgan. Bugun biz Markaziy Osiyoda yangicha kayfiyatni kuzatyapmiz. […]
Markaziy Osiyo Yoshlar Ligasi: yangi davrda – yangicha harakat
Faryobda iftor, o’zbeklar davrasida
Afg’onistonning Faryob viloyatidamiz. Iftor dasturxoni yozilgan. Mamlakatning turli burchaklaridan kelgan 250 dan oshiq talaba yonma-yon o’tiribdi. Tashabbus faryoblik Nosir Ahmad O’zbeko’g’lidan chiqqan bo’lib, tadbirga mahalliy jamoatchilik homiylik qildi. Faryob universitetidagi bu iftorga rasmiylar ham keldi. Yoshlar birdam ekan, davlat xursand, deydi arboblar. Nosir Ahmad O’zbeko’g’li fikricha, iftor bahonasi bilan yoshlar bir-birini yaxshiroq tanib, hamjihatlik kuchayadi.
Tojikiston: hunarmandchilik xotin-qizlar uchun tirikchilik
Mamlakatda ishsizlik keng tarqalgani va ishlab chiqarish qisqarib ketgani sabab erkaklarning asosiy qismi vatanni tark etgan. Xotin-qizlar esa sakkiz million aholining qariyib 55 foizini tashkil etadi. Ayollar aksariyat hollarda uyda, ro’zg’or yumushlari va bolalar bilan band. Hukumat keyingi yillarda mahalliy hunarmandchilikni rivojlantirish harakatida. Shu bilan xotin-qizlarni mehnatga jalb etishga intilmoqda. 2014-yilda Sug’d viloyat hokimiyati shu […]
Tojikiston mehnat bozori: yollanma ishchi kuchi qadrsizlanib ketgan (fotolar)
Tojikiston ichki iqtisodiyoti, umuman fuqarolar kunlik hayotining 60 foizdan ortig’i mehnat muhojirlarining chetdan yuborayotgan mablag’lariga bog’lanib qolgan. Migratsiya masalalarini tadqiq etuvchi xalqaro tashkilot ma’lumotlariga ko’ra, Tojikistonga 2010- yildan 2014-yilgacha mehnat muhojirlari asosan Rossiya va Qozog’istondan har yili o’rtacha 3 millarddan 4,5 milliard dollargacha pul jo’natib turishgan. Ukrainadagi mojaro sabab G’arb davlatlari Rossiyaga joruy etgan iqtisodiy […]
Jalol-Obod, Arslonbob va O’zgandagi bebaho lahzalar
JALOL-OBOD O’sh singari Jalol-Obodga ham yarim kechada kirib bordim. Shahar markazidagi xonadonda mezbonlarimning ko’zi chaqnaydi, xuddi endi tong otib, yaqin bir tanishlari nonushtaga kelgandek. Katta zalda chiroyli dasturxon yozilgan, issiq ovqat tayyor. O’zimni koyidim – ertaroq yetib kelolmaganim uchun. Buning imkoni bormidi o’zi? Albatta yo’q, chunki mintaqamizda yarim soatlik uchrashuv aslida uch soat degani, uch […]