140 ming kvadrat kilometr hududga ega Tojikiston maydonining 93 foizini tog’lar tashkil etadi. Bu tog’larning aksar qismi yuksak qorli va yalango’och qoyalardan iborat. Faqat daralarning ayrim qismlari, vodiy va pasttekisliklardagina ekin ekiladi, daraxtlar ko’karadi, odamlar yashaydi.

Qadimiy manbalarga qaraganda, hozirgi Tojikistonning 25 foiz hududi yovvoyi o’rmon, to’qaylar bilan qoplangan bo’lgan, unda minglab turdagi dov-daraxtlar ko’kargan.

Paxta monopoliyasi hukmronlik qilgan sho’rolar davrida katta-katta to’qayozrlar yo’q qilingan, suv omborlari qurilgan va ekosistemaga juda katta zarar etkazilgan. Bugunga kelib Tojikistonda 410 ming gektardan sal ortiqroq o’rmon saqlanib qolgan.

Tojikistonda ishlayotgan Germaniya agroaksiyasi (GTZ) mutaxassislariga ko’ra keyingi 25 yil orasida respublikada 172 ming gektarga yaqin o’rmon hududi yo’q qilingan. Buning asosiy sababi – mustaqillikdan so’ng mamlakatda yo’qilg’i tanqisligi bo’lgan.

Tojikiston yangi hukumati hozir mamlakarda paxta yakkahokimligiga barham berib, respublikada o’rmon xo’jaliklarini rivojlantirish, mevali bo’glar maydonini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Mamlakatda har yili yuzlab gektar yangi mevali bo’glar yaratiladi, nohiyalarda millonlab tup archalar ekiladi. Xatlon viloyatida 2016-yili hatto  mamlakat lideri Emomali Rahmon nomidagi 160 gektarli ulkan mevali bo’g ham yaratilgan. Birgina shu viloyatda kelayotgan besh yil orasida olti ming gektardan ortiq maydonda yangi bo’glar bunyod etish rejalashtirilgan.

Bundan to’rt yil oldin Tojikiston prezidenti qaroriga ko’ra respublikaning barcha shohko’chalari bo’ylab salqin beruvchi manzarali daraxtlar ekish boshlangan edi. O’shanda qariyib 28 ming kilometrni tashkil etuvchi yo’llarning har ikki yoqasiga o’n millondan ortiq daraxt ko’chatlari, qalamchalari tikildi. Hozirda ularning atigi 20 foizi atrofidagisi tutib ketgan xolos.

Mevali bog’larni yaratish mamlakatda avj olmoqda. Har yili respublika nohiyalarida ming gektardan ortiq mevali yangi bo’glar yaratiladi.

Mustaqillikning dastlabki yillari tashkil etilgan bo’glar hosili qayta ishlanib, allaqachon chet ellarga eksport ham qilinmoqda. Lelin, quritilgan mevalar eksportini yo’lga qo’yish hali davlat miqyosida tashkil etilmagan. Bu bilan xususiy tadbirkorlar shug’llanib kelmoqda.

Tojikistondagi qishloq xo’jaligi reformasiga ko’ra, 200 ming gektar yer mevali daraxtlar uchun ajratilishi nazarda tutilgan.

Respublikaning O’zbekiston bilan chegara nohiyalarida bir oydan ortibdiki, mevali va manazarali daraxtlar ko’chati savdosi qizg’in bormoqda. Yosh nihollar bu bozorlardan respublika ichkarisiga yetkaziladi.

Tojikistonga eng ko’p nihollar ko’chati O’zbekistonning Toshkent viloyati hududidan kirib keladi. Mevali daraxtlarnng, ayniqsa yangi navlari: pakana olma, nok, xurmo kabi nihollar arzon narxda katta miqdorda olib kelinadi va respublika bo’ylab tarqaladi.

O’zbekistonnig Surxondaryo, Farg’ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan keltirilayotgan xurmo, olma, nok, uzum, anor, olicha, shaftoli, oluboli, o’rik, anjir, behi, yong’oq kabi o’nlab turdagi mevali daraxtlar Tojikistonda juda xaridorgir. Manzarali daraxtlar ko’chati ham oz bo’lsadaa chegaradan olib o’tiladi.

Toshkentdan olib kelinadigan guldastalar masalan, qishin-yozin Xo’jandninggina to’ylarini bezamasdan, qorli dovonlar osha, poytaxt Dushanbegacha etib boradi.

Tojikiston va O’zbekiston orasidagi munosabatlar iliqlashib borar ekan, chegara bilmayotgan mevali va manzaralai daraxtlar nihollari, gullardastalar asrlar osha davom etayotgan xalqlar do’stligi abadiyligidan darak berayotgandek bo’ladi.