Showing Archived Posts

Xalqaro ona tili kuni: Qirg’izistondagi o’zbeklar o’z ona tilida o’qishni istamaydimi?

Posted February 21st, 2021 at 10:26 am (UTC-5)
Leave a comment

“Ulut bolsom, tilim menen ulutmun” (Millat boʻlsam, tilim bilan millatman), deydi qirgʻiz birodarlarimiz. Oʻsh shahri koʻchalariga shior qilib ilingan, taʼlim muassasalarining devorlariga osilgan mazkur misraning bir shoir sheʼridan olinganini yaqinda bildim. Masalan, oʻzbek tili va adabiyoti xonalarida ham buni ko’rsa bo’ladi – “Ulut bolsom, tilim menen ulutmun”. “Facebook”ning Muratbek Mamadaliyev ismli foydalanuvchisi bir postida oʻrta […]

Qirg’izistonliklar nafaqa olish uchun navbat kutishdan charchadi

Posted June 23rd, 2018 at 2:14 pm (UTC-5)
Leave a comment

Qirg’izistonlik qariyalar uchun har oygi nafaqani olish bosh og’rig’iga aylangan. Pensiyalar har oyning o’ninchi kunidan boshlab beriladi. To’lovlar pochta hamda bank bo’limlari orqali amalga oshiriladi. Naqd pul yetishmasligi bois pochta bo’limlarida navbat besh-olti kunga cho’ziladi. Yozning jazirama issig’ida  yoshi bir joyga borib qolgan insonlarning soatlab termulib o’tirishlari yurakni ezadi. Qirg’izistonda o’rtacha nafaqa olti yarim ming […]

Posted in Qirg'iziston

Markaziy Osiyo Yoshlar Ligasi: yangi davrda – yangicha harakat

Posted March 18th, 2018 at 9:48 pm (UTC-5)
Leave a comment

Markaziy Osiyoning olti mamlakati (Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) xalqlari birdam bo‘lib yashashi va umumiy sa’y-harakatlar bilan rivojlanishi kerakligi haqidagi fikr – yangilik emas. Ko‘p o‘qimishli va obro‘li odamlar bunday fikrni ilgari surganlar. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra, shu paytgacha bunday bunyodkor fikr shirin umidligicha qolib kelgan. Bugun biz Markaziy Osiyoda yangicha kayfiyatni kuzatyapmiz. […]

Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni

Posted March 5th, 2018 at 1:23 pm (UTC-5)
Leave a comment

Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni nishonlandi. Mahalliy faollar tomonidan ilk bor 2011-yil otkazilgan tadbir norasmiy bayram tusini olib, har bahor 5-mart kuni, tabiat uyg’ona boshlagan paytda o’tkazilayotir. Shahar-qishloqlarda millat qadriyatlarining ramzi bo’lmish libosga bag’ishlangan tanlovlar, konsertlar, bayram yurishlari, xalq hunarmandlari asarlarining ko’rgazmalari bo’lib o’tdi. Aytish joizki, bu kun mamlakat parlamentining majlisiga milliy […]

Posted in Qirg'iziston

Qirg’iziston: “Intimoq” teleradiokompaniyasi navqiron bayramini nishonladi

Posted November 28th, 2017 at 12:23 pm (UTC-5)
Leave a comment

Intimoq – ahillik demakdir. Qirg’iz, rus hamda o’zbek tillarida faoliyat yurituvchi ushbu teleradiokompaniya Qirg’iziston hukumati va xalqaro tashkilotlar tashabbusi bilan  tashkil topgan. Jamoa keng doirali muxlislar ehtiyojini qondirish, ahillik, do’stlik g’oyalarini tarannum etishni maqsad qilgan. “Intimoq” teleradiokompaniyasining besh yilligiga bag’ishlab O’sh shahrida o’tkazilgan tantanali marosimda mahalliy axborot vositalarining xodimlari, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar hamda jamoatchilik […]

Posted in Qirg'iziston

Qirg’izistonda gul fasli: iliq kuz gulzorlar umriga umr qo’shdi

Posted October 3rd, 2017 at 2:20 pm (UTC-5)
Leave a comment

  Deydilarki, azaldan namozshomgul O’rta  Osiyo ayollarining sevimli guli bo’lgan. Opa-singillarimiz, onalarimiz shu gul bilan sirlashgan, dardlashgan, ezgu tuyg’ularini unga bayon etgan, nafis go’zallikdan xufyona zavqlangan bo’lsa, ajab emas. Namoz – shom – gul. Mehnat – zahmat – rohat. Poklik, iffat…

Posted in Qirg'iziston

Yosh jurnalistlar – ahillik targ’ibotchilari

Posted December 19th, 2016 at 5:27 pm (UTC-5)
Leave a comment

Qirg’izistonda faoliyat yurituvchi “Intimaq” (o’zbek tiliga tarjimasi – Ahillik) teleradiokompaniyasi qoshida ochilgan medialaboratoriya o’zining ilk bitiruvchilariga guvohnomalar topshirdi. Mahalliy oliygohlarda ta’lim olayotgan bir guruh talabalar va turli sohalarda ishlayotgan matbuot shaydolari bir necha oy mobaynida tinchlik va ahillikni targ’ib qilish yo’llari-usullarini o’rgandilar. Mashg’ulotlarni malakali mutaxassislar olib bordi. O’quv davomida yoshlar zikr qilingan y’onalishda – tinchlik-osoyishtalik, […]

Qadim O’shning serjilo maskani – Talabalar shaharchasi

Posted April 28th, 2016 at 3:53 pm (UTC-5)
Leave a comment

Talabalar shaharchasi O’shning (Qirg’iziston) eng so’lim va bahavo chekka mavzesida joylashgan. Bir tarafda yam-yashil qir-adirlar, dalalar, bir tarafda jo’shqin Oqbura daryosi. Sokin muhit, toza havo… Bu go’shada to’rt oliygoh hamda uch o’rta-maxsus o’quv yurti faoliyat ko’rsatmoqda. Aytishlaricha, jami o’ttiz mingga yaqin talaba, bir necha ming ustoz uchun tuzilgan shart-sharoitga mintaqaning katta-katta poytaxt shaharlari havas qilsa […]

Posted in Qirg'iziston

Qirg’iziston: Birinchi xalqaro oqinlar festivalida yoshlar faol qatnashdi

Posted March 21st, 2016 at 11:58 am (UTC-5)
Leave a comment

Qirg’izistonda ilk bor o’tkazilgan xalqaro festival bejiz “Oqinlar shohi O’sh-Navro’z-2016” deb atalmadi. Qadim O’sh shahri uch kun davomida “oqinlar poytaxti” bo’ldi. SSSR xalq artisti, taniqli kinorejissyor Bolot Shamshiyev sahnalashtirgan nufuzli ko’rikda Qirg’iziston, Qozog’iston hamda Xitoy Xalq Respublikasi vakillari ishtirok etdi. Asrlar osha yashab kelayotgan “Aytish” (oqinlar aytishuvi, musobaqasi)  – xalq og’zaki ijodining yorqin namunasi. O’ziga […]

Qishloq yoshlar bilan go’zal va farovon

Posted October 13th, 2015 at 8:06 pm (UTC-5)
Leave a comment

Kuz fasli qishloqqa ajib fayz, latofat va baraka baxsh etadi. Bu fayzu-barakotning “mualliflari” – ona tabiat hamda, deyish mumkinki, yoshlar. “Yer va chorvaning qishloq ahliga mulk  sifatida bo’lib berilishi yoshlarda qishloq xo’jaligiga o’zgacha havas va mehr uyg’otdi, – deydi O’sh viloyati Aravon tumanidan faxriy agronom Tohirjon Olimjonov. – Izlanuvchan fermerlar yangi texnologiyalar, serhosil navlar olib […]

Posted in Qirg'iziston

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

December 2024
M T W T F S S
« Feb    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031