O’zbekistonda Georgiy lentasi va Kreml targ’iboti

Bir necha yildan buyon 9-may arafasida va undan keyin O’zbekistondagi Rossiya elchixonasi o’zbekistonliklar orasida Georgiy lentasini tarqatadi. Ko’plar uni ko’ksida taqib yuradi, ayrimlar avtomobili antennasiga bog’lab qo’yadi. Qora va olov rangdagi bu lenta Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasi ustidan g’alaba ramzi sifatida targ’ib etilmoqda. Ammo, afsuski, lentaning asl tarixi, ahamiyati va Rossiyaning targ’iboti ortidagi haqiqiy sabablarini […]

Kreml propagandasi nishonida endi O’zbekiston

Kremlning propaganda mashinasi bo’lgani bois AQShdan quvilgan va Yevropadan quvilish arafasida turgan “Russia Today – Россия Сегодня”  telekompaniyasi O’zbekistonda televizion kanal ochmoqchi. Bu haqdagi xabarni ba’zilar olqishlagan bo’lsa, boshqalar payqamadi, chamasi. Afsus, chunki bu telekanal, aytganimdek, Rossiya davlati targ’ibotidagi millionlab dollar mablag’ sarflanadigan eng katta qurollaridan biri. Shu oyning o’rtalarida “Rossiya Segodnya” kanalining qariyb 32 […]

Rossiyaning Telegramga qarshi kurashi: kim ustun?

Ekssentrik shaxs Uning shaxsiy oroli va o’zi ixtiro qilgan kripto-valyutasi bor. U “Matritsa” filmidagi Keanu Rivz qahramonidek qora kiyim kiyib yuradi. Vaqti-vaqti bilan esa internetda o’zining yarim-yalang’och rasmlarini chop etishni ham xush ko’radi va bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taqlid deydi. U ixtiro qilgan messenjerdan yaqingacha Kreml xodimlari va Eron ruhoniylari foydalangan. Messenjer serverlari qaysi […]

Rossiya Tataristonda tatar tilini chekladi

  Noyabr oxirida yuz bergan bir muhim voqea, afsuski, ko’pgina axborot vositalarining diqqat markaziga kirmadi. Rossiya tarkibidagi eng katta respublikalardan biri Tataristonda tatar tilini o’rganishga oid qonun o’zgartirildi: bundan buyon Tataristondagi maktablarda tatar tilini o’rganish “ixtiyoriy” asosda amalga oshiriladi va haftasiga ikki soatdan oshmaydi. Demak, Rossiyadagi ruslardan keyin soni bo’yicha ikkinchi eng katta etnik guruhning […]

Alisher Usmonov Aleksey Navalniyga “tupurdi”

Shu kunlarda internetda o’zbeklar faol muhokama qilayotgan mavzu – Alisher Usmonovning Aleksey Navalniyga video-murojaati. O’zbekistonning Namangan viloyatida tug’ilib o’sgan, ko’p yillardan buyon Rossiyada yashaydigan milliarder 18-may kuni korrupsiya haqidagi video-blogi orqali tanilgan va so’nggi paytlarda Rossiya prezident saylovlarida qatnashish istagini bildirib kelayotgan faolga murojaat qildi. 12 daqiqalik bu video-murojaatda Usmonov Navalniy ilgari tarqatgan korrupsiyaga oid […]

Chechen gomoseksuallari va jurnalistlarga tahdidlar

Shu oy boshida Rossiyadagi mustaqil “Novaya Gazeta” ro’znomasi Chechenistondagi gomoseksuallarga qarshi ommaviy “tozalash” kampaniyasi haqida yozdi. 1 va 3-aprel kunlari chiqqan reportajlarda 100 dan ortiq gey va gey deb gumon qilingan erkaklar huquq-tartibot organlari tomonidan ushlanib, maxfiy qamoqxonalarda qiynoqqa solingani, ulardan kamida uch nafari o’ldirilgani haqida batafsil ma’lumot berdi. Bu odamlar qiynoqqa solinishdan tashqari o’zlari kabi do’stlarining […]

Rossiya parlamenti oila a’zolarni do’pposlashni qonunlashtirdi

2013-yilda Rossiyada 9000 dan ko’proq ayol jinoiy tajovuz oqibatida halok bo’lgan, 11 mingdan ziyodi jiddiy tan jarohatlari olgan. 2014-yilda barcha qotilliklarning 25 foizidan ko’prog’i aynan oilalarda sodir etilgan. 2015-yilda jiddiy jinoyatlarning 40 foizi oilalarda yuz bergan. AQShda yiliga qariyb 1000 ayol oilada turmush o’rtog’i tomonidan o’ldiriladi. Demak, aholisi Rossiyanikidan ikki baravar ko’proq AQShdagi to’qqiz yillik […]