“Kelin kerakmi, aylanay?”

To’ylar mavsumi boshlandi. O’zbek uchun to’ydan muhimroq tadbir bormi? Yo’q! Lekin xonadoningizdan karnay-surnay ovozi eshitilgunicha nima qilish kerak? Sarpo yig’ishmi? To’g’ri. Yana nima? Qizingizning bo’yi yetib qolgan bo’lsa, sovchi kutasiz. O’g’il uylantirmoqchi bo’lsangiz, kelin qidiradsiz. Toshkentdagi bir tanishim ham kelin qidiryapti. Qanday qidirayotganini men sizga hozir aytib beraman. *** Yonida kuyovlikka tayyor turgan o’g’li bilan […]

Rossiyadagi voqealar haqida nima deysiz?

Biryulyovodagi voqealar va ular ketidan Rossiyada avj olgan millatchilik va tazyiqlar hech kimni befarq qoldirmadi. Quyida muxlislarimizdan kelgan maktublar. Siz ham fikr bildiring, bizga yozing. Qiziq gap, chuqur tahlil bo’lsa, albatta chop etamiz.  “Rus muxolifatining namoyondalaridan bo‘lmish Aleksey Navalniy Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari bilan viza tartibini joriy qilish uchun imzo to‘plashni boshlabdi. Bunga 13-oktabr […]

Nega bir-birimizni qo’llab-quvvatlashni bilmaymiz?

Nargiz Zokirova Rossiya birinchi telekanalidagi “Golos” shou-dasturidagi ishtiroki sababli katta shov-shuvga sabab bo’lmoqda. Mashhur “Scorpions” guruhining “Still loving you” qo’shig’ini originalidan ham yaxshiroq ijro etgani nafaqat hakamlar hay’ati va tomoshabinlarni hayratga ketlirdi, balki butun internet olamida muhokama qilinmoqda. Sovet davrida olingan “Vodillik kelin” filmini eslagan rossiyaliklar, qozog’istonlik va boshqalar Nargizni “Ne zabivay menya” (“Unutma meni”) […]

Mustaqillikning ijobiy tarafi?

O’zbekiston mustaqilligi tantanalari ham o’tib bo’ldi. Internetda qator-qator maqolalar chop etildi. Odatdagidek, mamlakat ichida “ura-ura”. Tashqarisida chiqqan maqolalar va tayyorlangan reportajlar esa tanqidiy. Qaysi nashr qanday yozishini O’zbekiston, qolaversa, Markaziy Osiyoni yoritadigan ommaviy axborot vositalarini kuzatib boradigan odam yaxshi biladi. Men O’zbekiston mustaqillikka erishganida maktabni bitirib universitetga o’qishga kirganman. Jahon iqtisodi va diplomatiya universitetining (JIDU) […]