So’z erkinligi, islom va terrorizm

Bugun “Sharli Ebdo (“Charlie Hebdo”) haftanomasi tahririyatiga hujum qilinganiga bir hafta bo’ldi. “Allohu akbar” deb hayqirgani aytilayotgan kishilar binoga kirib granatomyotdan otgan va jurnalning to’rt nafar eng mashhur karikaturachisini oldirgan. Yana sakkiz odam, shu jumladan, politsiya vakillari qurbon bo’lgan. Bu hodisa haqida yozmagan ommaviy axborot vositasi qolmadi. Muhokamalar qizg’in. E’tibor so’nggi yillarda va hatto bugun, […]

Muxolifatning nima keragi bor?

Kuni-kecha O’zbekistondagi ilk muxolif harakat – “Birlik”ning birinchi yig’ini bo’lib o’tganiga 26 yil to’lgani haqida o’qidm. O’qidim-u bundan bir necha yil avval BMT O’zbekistonda bir seminar o’tkazgani esimga tushdi. O’shanda chet eldan taklif qilingan yuqori malakali mutaxassis O’zbekiston davlat idoralaridagi “piar” (PR), ya’ni jamoatchilik bilan ishlovchi xodimlariga omma va matbuotga muomalani o’rgatayotgan edi. Shunda Tashqi […]

Bir paytlar Orol dengizi bo’lardi…

Farzandingiz yoki nevarangiz bilan gaplashganda “ilgari bunday narsa bo’lmagan”, deganmisiz? “Yoshligimda boshqacha bo’lardi”, deganmisiz? Albatta. Bunday gaplarni har qadamda aytish mumkin. “Yoshligimda telefonni cho’ntakda olib yurmasdik. Simli bo’lardi, uyda turardi, bog’lanish uchun diskni aylantirib, raqamni terardik”. “Ilgari pult degan narsa bo’lmagan, televizorda programmani o’zgartirish uchun har safar turib oldiga borib, qulog’ini burash kerak edi”. Ha, […]

O’zbekistonda rus tili: “da” yoki “net”?

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi “Facebook” ijtimoiy tarmog’ida o’z sahifasini ochdi. Quvonarli holmi? Albatta! Lekin sahifa, uning boshi (banneri) rus tilida! Nimaga deysizmi? Bilmayman. Men ham shunday savol berdim. Nahotki butun bir boshli vazirlikda, xodimlari chet tillarini mukammal bilishi kerak bo’lgan idorada bitta sahifani davlat tilida yuritadigan odam topilmagan bo’lsa? O’zbek, rus va ingliz tillarida bo’lsa ham […]

Islom Karimov dardini rus televideniyesiga aytdi

21-iyun kuni O’zbekiston prezidentining to’ng’ich nevarasi Islom Karimov o’zining birinchi intervyusini berdi. Britaniyaning nufuzli Oksford universitetida tahsil olayotgani aytilgan 21 yoshli yigit onasi Gulnora Karimovaning hozirgi ahvoli haqida gapirish uchun Rossiyaning Ren-TV telekanalini tanladi. Ha, intervyu muallifiga ko’ra, tashabbus bilan yosh Islom Karimovning o’zi chiqqan. Onasi Gulnorani yanvar oxiridan buyon ko’rmaganini aytar ekan Islom Karimov […]

“Kelin kerakmi, aylanay?”

To’ylar mavsumi boshlandi. O’zbek uchun to’ydan muhimroq tadbir bormi? Yo’q! Lekin xonadoningizdan karnay-surnay ovozi eshitilgunicha nima qilish kerak? Sarpo yig’ishmi? To’g’ri. Yana nima? Qizingizning bo’yi yetib qolgan bo’lsa, sovchi kutasiz. O’g’il uylantirmoqchi bo’lsangiz, kelin qidiradsiz. Toshkentdagi bir tanishim ham kelin qidiryapti. Qanday qidirayotganini men sizga hozir aytib beraman. *** Yonida kuyovlikka tayyor turgan o’g’li bilan […]