2017-yilda nobud bo’lgan jurnalistlar
21-dekabr kuni Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo’mitasi 2017-yilda dunyo bo’ylab o’z ishini bajarayotib halok bo’lgan jurnalistlarga bag’ishlangan hisobotini chiqardi. Hujjatga ko’ra, 2017-yilning 1-yanvaridan 15-dekabrigacha dunyo bo’ylab 42 jurnalist nobud bo’lgan. Yana 20 jurnalistning o’limiga aynan ularning kasbiy faoliyati sabab bo’lgan-bo’lmaganini tekshirgan tashkilot ma’lumot va dalillar taqchilligi bois uzil-kesil xulosaga kelmagan. Bu ma’noda eng […]
Yevropada Kataloniya degan davlat paydo bo’ladimi?
Tugashiga qariyb bir oy qolgan yildagi muhim siyosiy voqealardan biri – Ispaniya poytaxti Madrid bilan Kataloniya o’rtasidagi janjal bo’ldi. Men bundan 18 yil avval Ispaniyada bo’lganimda, Kataloniya poytaxti Barselonaga ham borgandim. Barselonani aylanayotib, adashib qolganimda, bir keksa odamdan “falon joyga qanday borsam bo’ladi”, deb ispan tilida murojaat qilganman. Shunda u kishi bir nimalar degan-u, lekin […]
Britaniya referendumi, Yevropa integratsiyasi istiqboli va AQShdagi aks-sado
Payshanba kechqurun Yevropa Ittifoqida uyquga ketgan britaniyaliklar yangi mamlakatda uyg’ondi: 23-iyul kungi referendum natijasida Britaniya Yevropadan ajraladigan bo’ldi. Referendumda ovozga qo’yilgan “Yevropa Ittifoqida qolish yoki chiqish tarafdorimisiz?” degan savolga saylovchilarning yarmidan ko’pi chiqish kerak deb javob bergan. Britaniyaliklarning o’zi hayratda. Mamlakat ichida va Yevropaning boshqa davlatlaridagi “Ittifoqchilar” bugunni “fojeali kun” deb atadi. “Qo’rqinchli davr boshlanmoqda”, […]