Nyu-Yorkda yashayotgan o’zbek geyning dil izhori
U bilan Nyu-Yorkning Manhetten dahasidagi qahvaxonalardan birida uchrashdik. Undan avvaliga bir necha hafta elektron pochta orqali yozishdik, ko’rishish uchun vaqt topishga harakat qildik. Elektron maktublardan birida u menga “agar kelasi hafta uchrasholmasak, undan keyin men ta’tilga ketaman, turmush o’rtog’im bilan”, deb yozdi. Yozishma rus tilida olib borilayotgani sababli ruschada “s suprugom” deb yozdi, erkak kishini […]