Britaniya referendumi, Yevropa integratsiyasi istiqboli va AQShdagi aks-sado
Payshanba kechqurun Yevropa Ittifoqida uyquga ketgan britaniyaliklar yangi mamlakatda uyg’ondi: 23-iyul kungi referendum natijasida Britaniya Yevropadan ajraladigan bo’ldi. Referendumda ovozga qo’yilgan “Yevropa Ittifoqida qolish yoki chiqish tarafdorimisiz?” degan savolga saylovchilarning yarmidan ko’pi chiqish kerak deb javob bergan. Britaniyaliklarning o’zi hayratda. Mamlakat ichida va Yevropaning boshqa davlatlaridagi “Ittifoqchilar” bugunni “fojeali kun” deb atadi. “Qo’rqinchli davr boshlanmoqda”, […]