Olimpiadada omad, O’zbekiston!

Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimida Rossiya sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev O’zbekiston jamoasini Tojikiston deb tanishtirdi. Fikrimcha, Guberniyev uchun bu tasodifan yo’l qo’yilgan xato, uning ortida siyosiy sabab yoki g’araz bo’lmagan. Shunga qaramay bu xato internetda nihoyatda kuchli norozilikka sabab bo’ldi. “Facebook” ijtimoiy tarmog’i va boshqa vositalar orqali mavzuga bag’ishlangan suratlar tarqatildi, uning ishini qoralovchi gaplar yozildi. […]