Qirg’iziston Jahon Banki ko’magida muqobil yo’l qurmoqda
O’tgan yilning yozida Tojikiston shimolidagi So’g’d viloyatiga qo’shni Qirg’izistonning Batkent viloyatida mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega deb ko’rilayotgan alohida Isfana-Kolso-Kayragach avtomobil yo’li qurilishi boshlangan edi. Uzunligi 36 kilometr bo’lgan yo’l qurilishi uchun mablag’ni Jahon banki ajratgan bo’lib, qirg’iz valyutasida bu mablag’ 1 milliard 200 million somni tashkil etadi. Qurilishning strategik ahamiyati shunda ko’riladiki, Batkent viloyatining […]