Isfara – Tojikistonning oftobro’y mintaqasi, istiqboli porloq joy
Markaziy Osiyoning eng qashshoq davlati sifatida ko’riladigan Tojikiston respublikasi hukumati keyingi yillarda mamlakat sanoatini rivojlantirishga intilayotgan bo’lsa-da, ishlab chiqarishning asosiy tarmog’i qishloq xo’jaligi bo’lib qolmoqda. Poliz va sabzavot ekinlari g’arq pishgan yoz oylari Tojikistonda mavsumiy ish qaynaydi, qayta ishlashga ixtisoslashgan turli-tuman kichik va qo’shma korxonalarda ishsiz xotin-qizlarga pul topish imkoniyati paydo bo’ladi. Resbublika hukumati iyul […]