AQSh Alisher Usmonovni “qora ro’yxat”ga kiritmoqchi
29-yanvar kuni AQSh hukumati sanksiyalariga uchragan shaxslarning yangilangan ro’yxatini e’lon qilishi kutilmoqda. Vashingtonda ko’plab siyosatchilar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin rasmiylar hamda shaxslarni ushbu ro’yxatga qo’shishni talab qilib chiqdi. Putinga yaqin deyilgan bunday shaxslar orasida kelib chiqishi o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ham bor. AQSh matbuotining yozishicha, Rossiyaga nisbatan keskin siyosat tarafdori bo’lmish qator senatorlar, shu […]
Matbuotni eng ko’p ezayotgan davlat rahbarlari kim?
Tanqidiy savollarni beradigan jurnalistlarni nishonga olishga odatlangan AQSh Prezidenti Donald Tramp o’tgan hafta o’zining matbuotga oid ilk “mukofoti”ni berajagini ma’lum qildi va buning sanasini ham belgiladi: 8-yanvar, Vashington vaqti bilan soat 17:00. Mukofotni “Eng nohaq va korrupsiyalashgan media” deb atagan Tramp uydirma xabarlarni (fake news) tarqatgan ommaviy axborot vositalariga beriladi, dedi. Buni Tramp, odatdagidek, […]
Prezidentlar va ijtimoiy tarmoqlar
“Twitter ustasi” 20-yanvar kuni AQSh prezidenti sifatida qasamyod keltirishi kutilayotgan Donald Trampning boshqa prezidentlardan farqi – ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi. Bu uning yagona farqi emas, albatta, biroq bugungi mavzuni aynan shunga bag’ishlamoqchiman. Twitter tarmog’ida Tramp o’z firklarini keskin tarzda bildirishi va ba’zida erta tongda, soat uchda ham imlo xatolarga to’la tvitlar yozishi bilan tanilgan. @realDonaldTrump nomidagi […]
Haqiqatdan keyingi davr
Internetda yangilik o’qiganingizda uning rost yoki yolg’onligini qayerdan bilasiz, aziz gapdoshim? U yoki bu voqea haqida ma’lumot ko’rsangiz, uning haqiqat ekanini aniqlash uchun qanday mezonlarni qo’llaysiz? Hozirgi davrda buning deyarli imkoni qolmadi. Yolg’on gap va xabarlar, qisman rost yoki batamom uydirma ma’lumotlar shu qadar ko’pki, haqiqatning ahamiyati ham yo’qoldi. Ana shunday xulosaga kelgan Oksford lug’ati […]
Avtoritarizmning yangi to’lqini
O’tgan hafta Vladimir Putin uchun xursandchilik davri bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Axir AQShda 8-noyabr kuni bo’lib o’tgan prezident saylovida Rossiya prezidentini maqtagan Donald Tramp g’olib chiqdi. Bolgariya va Moldovada ham Rossiyaga xayrixoh rahbarlar saylandi. Trampning ko’plab kuzatuvchilar uchun kutilmagan g’alabasini Rossiya Davlat dumasi deputatlari olqishladi. Ulardan biri, millatchi Vladimir Jirinovskiy Dumada shampan vinosi ochib ziyofat […]
Britaniya referendumi, Yevropa integratsiyasi istiqboli va AQShdagi aks-sado
Payshanba kechqurun Yevropa Ittifoqida uyquga ketgan britaniyaliklar yangi mamlakatda uyg’ondi: 23-iyul kungi referendum natijasida Britaniya Yevropadan ajraladigan bo’ldi. Referendumda ovozga qo’yilgan “Yevropa Ittifoqida qolish yoki chiqish tarafdorimisiz?” degan savolga saylovchilarning yarmidan ko’pi chiqish kerak deb javob bergan. Britaniyaliklarning o’zi hayratda. Mamlakat ichida va Yevropaning boshqa davlatlaridagi “Ittifoqchilar” bugunni “fojeali kun” deb atadi. “Qo’rqinchli davr boshlanmoqda”, […]