Prezidentlar va ijtimoiy tarmoqlar
“Twitter ustasi” 20-yanvar kuni AQSh prezidenti sifatida qasamyod keltirishi kutilayotgan Donald Trampning boshqa prezidentlardan farqi – ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi. Bu uning yagona farqi emas, albatta, biroq bugungi mavzuni aynan shunga bag’ishlamoqchiman. Twitter tarmog’ida Tramp o’z firklarini keskin tarzda bildirishi va ba’zida erta tongda, soat uchda ham imlo xatolarga to’la tvitlar yozishi bilan tanilgan. @realDonaldTrump nomidagi […]
AQSh-Rossiya diplomatik o’yinida kim g’olib?
Tugayotgan yilning so’nggi kunlarida ikki davlat o’rtasidagi sovuq urush yana avj oldi. Payshanba kuni Vashington Rossiyaning 35 diplomatini “persona non grata” deb e’lon qildi va AQShni tark etishi uchun 72 soat muxlat berdi. Shuningdek, Obama ma’muriyati qaroriga ko’ra, AQSh hududidagi Rossiyaga qarashli ikki dam olish maskani yopildi. (Bu haqda batafsil ma’lumot mana bu yerda). Bu […]
Haqiqatdan keyingi davr
Internetda yangilik o’qiganingizda uning rost yoki yolg’onligini qayerdan bilasiz, aziz gapdoshim? U yoki bu voqea haqida ma’lumot ko’rsangiz, uning haqiqat ekanini aniqlash uchun qanday mezonlarni qo’llaysiz? Hozirgi davrda buning deyarli imkoni qolmadi. Yolg’on gap va xabarlar, qisman rost yoki batamom uydirma ma’lumotlar shu qadar ko’pki, haqiqatning ahamiyati ham yo’qoldi. Ana shunday xulosaga kelgan Oksford lug’ati […]
Davlatni ayol boshqarsa…
AQShda prezident saylovlari 2016-yil noyabr oyida bo’lib o’tadi. Ungacha 19 oy bor. Da’vogarlar birin-ketin maydonga chiqmoqda. Demokratlar partiyasidan hozircha yagona nomzod – Hillari Klinton. U ikkinchi marta oliy lavozimga da’vo qilyapti. Birinchi marta 2008-yilgi poygada eng kuchli nomzodlardan biri bo’lgan, ammo ko’plar uchun notanish Barak Obama tajribali siyosatchini ortta qoldirgan edi. Bugun vaziyat boshqacha. Klinton […]
Bergdal ishi nega muhim?
Bu satrlarni yozayotganimda AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygl Bo Bergdal ishi bo’yicha Kongressda ko’rsatma berayotgan edi. Ha, aziz gapdoshim, bugun men mana shu siyosiy mavzuda mulohaza yuritmoqchiman. Amerika armiyasi serjanti, besh yil oldin toliblar qo’liga tushgan Bo Bergdal ishi haqida “Amerika ovozi” sahifalarida ko’p yozildi. Ma’naviy axloqi xususida sobiq safdoshlari yakdil bo’lmagan bu yigitning […]