Olimpiadaning haqiqiy qahramoni

Men Olimpiadani bir kun ham tomosha qilmadim. Ochig’ini aytsam, bunga qiziqmayman. Sport va sportchilarning muxlislari mensiz ham ko’p, deya buni tushuntiraman do’stlarimga musobaqalar haqida gap ketganda. Ammo bir inson haqida gapirishdan charchamayman. Olimpiada o’yinlarida yettinchi marta qatnashayotgan o’zbekistonlik Oksana Chusovitina haqida. Gapirishdan ham, maqolalar o’qish va videolar ko’rishdan ham, ijtimoiy tarmoqlarda ularni tarqatishdan ham charchamayman. […]