Bir oydan so’ng Qirg’izistonda saylov

Bir oydan so’ng, ya’ni 15-oktabr kuni voyaga yetgan qirg’izistonliklar yangi prezidentni saylash uchun saylov uchastkalariga yo’l oladi. Bu lavozimni ko’zlaganlar avvalida juda ko’p bo’ldi – qariyb 60 kishi. Biroq asta-sekin ular soni kamaydi. Ayrimlari nomzod bo’lishga loyiq deb topilmadi, yana ba’zilari o’z fikrini almashtirdi, arizasini qaytarib oldi. Nihoyat poygaga 13 da’vogar chiqdi. Bu nimasi bilan qiziq? […]

“Biz bu kunni 25 yil kutdik”

O’zbekiston rahbariyati kelajakda mamlakatni rivojlangan o’lkalar darajasiga chiqara oladigan uchta muhim qadamni tashladi. Birinchi qadam mamlakat ichida qo’yildi. Bu – konvertatsiya. O’zbek milliy valyutasi, so’m, rasman qariyb ikki baravar arzonlashtirildi va bu bilan hukumat “qora” va rasmiy bozorlardagi kurslarni birlashtirdi. Hozircha valyuta almashtirish shohobchalarida dollarlarni sotish mumkin, lekin naqd dollarni sotib olish mumkin emas. Dollar […]

Roza Otunbayeva matbuot erkinligi bo’yicha YXHT vakili bo’lishga loyiqmi?

7-aprel – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) Matbuot erkinligi bo’yicha maxsus vakili lavozimiga nomzodlarni taklif qilishning so’nggi muddati. 2004-2010-yillarda bu lavozimda Mikosh Harashti ter to’kkan. (Hozirda u BMTning Belarusda inson huquqlariga oid vaziyat bo’yicha maxsus ma’ruzachisi). 2010-yildan buyon esa lavozimni Dunya Miyatovich egallab kelgan edi. Shu yilning mart oyida uning ikkinchi va so’nggi muddati […]