Armaniston inqilob arafasidami?
Butun dunyo bo’ylab chekinayotgan demokratiya bilan tobora kuchayib borayotgan avtoritarizm shu kunlarda Armanistonda, asosan poytaxt Yerevanda to’qnashdi. Minglab odamlar ko’chalarda. Ma’lumotlarga ko’ra, to’qnashuvlarda o’nlab odamlar jarohatlangan, ular orasida aksariyat – namoyishchilar, ammo politsiya zobitlari ham bor. Talash nima ustidan? 2-mart kuni Armanistonda yangi prezident saylandi. Bu lavozimga Armen Sarkisyan loyiq deb topildi. Ammo uni xalq […]
Kuchli rahbar va yetakchi Angela Merkel
Aksariyat nemislar Angela Merkelni yaxshi ko’radi, uni “Mutti”, ya’ni onajon deb ataydi. U dunyodagi eng qudratli siyosatchilardan biri, Yevropa qit’asida esa eng nufuzlisi. Boshqa davlat rahbarlari uning fikriga quloq soladi – bunga sabab Germaniya iqtisodi ulkanligi ham, Merkelning siyosiy tajribasi kattaligi ham. Kansler lavozimi Germaniyada bir siyosatchi qayta-qayta kansler etib saylanishi mumkin, AQSh va ko’pgina […]
Bir oydan so’ng Qirg’izistonda saylov
Bir oydan so’ng, ya’ni 15-oktabr kuni voyaga yetgan qirg’izistonliklar yangi prezidentni saylash uchun saylov uchastkalariga yo’l oladi. Bu lavozimni ko’zlaganlar avvalida juda ko’p bo’ldi – qariyb 60 kishi. Biroq asta-sekin ular soni kamaydi. Ayrimlari nomzod bo’lishga loyiq deb topilmadi, yana ba’zilari o’z fikrini almashtirdi, arizasini qaytarib oldi. Nihoyat poygaga 13 da’vogar chiqdi. Bu nimasi bilan qiziq? […]
Saylov, saylov, saylov…
Yakshanba kuni o’zbekistonliklar saylov uchastkalariga boradi. Mamlakat mustaqil bo’lganidan buyon ilk bor Islom Karimov nomi saylov byulletenlarida yo’q. Uning o’rnini egallashi kutilayotgan Shavkat Mirziyoyev Karimov vafot etganidan buyon o’zini islohotchi sifatida namoyish qilishga harakat qilmoqda. Bunday urinishlar kammi-ko’pmi samara bergan ko’rinadi. Men Toshkentdagi tanishlar bilan suhbatlashganimda, ba’zilar poytaxtdagi ayrim yo’llar ochilgani haqida xursand bo’lib […]
Avtoritarizmning yangi to’lqini
O’tgan hafta Vladimir Putin uchun xursandchilik davri bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Axir AQShda 8-noyabr kuni bo’lib o’tgan prezident saylovida Rossiya prezidentini maqtagan Donald Tramp g’olib chiqdi. Bolgariya va Moldovada ham Rossiyaga xayrixoh rahbarlar saylandi. Trampning ko’plab kuzatuvchilar uchun kutilmagan g’alabasini Rossiya Davlat dumasi deputatlari olqishladi. Ulardan biri, millatchi Vladimir Jirinovskiy Dumada shampan vinosi ochib ziyofat […]
O’zbekiston: yangi saylov haqidagi eski savollar
Bir oydan keyin O’zbekistonda saylovlar. Siyosiy partiyalar oliy lavozimga o’z nomzodlarini qo’ydi. Markaziy saylov komissiyasi ishni boshlab yubordi. Nomzodlar saylovchilar bilan uchrashmoqda, televideniye orqali chiqish qilmoqda. Ayrim demokratik mamlakatlarda saylovning so’nggi bosqichida bor-yo’g’i ikki nomzod qolsa, O’zbekistonda boshdan oxirigacha ayni nomzodlar bellashadi, saylov byulletenlarida bir necha nomzod ism-familiyasini ko’rasiz. Boshqa mamlakatlar kabi, xalqaro kuzatuvchilar O’zbekistonga […]
Muxolifatning nima keragi bor?
Kuni-kecha O’zbekistondagi ilk muxolif harakat – “Birlik”ning birinchi yig’ini bo’lib o’tganiga 26 yil to’lgani haqida o’qidm. O’qidim-u bundan bir necha yil avval BMT O’zbekistonda bir seminar o’tkazgani esimga tushdi. O’shanda chet eldan taklif qilingan yuqori malakali mutaxassis O’zbekiston davlat idoralaridagi “piar” (PR), ya’ni jamoatchilik bilan ishlovchi xodimlariga omma va matbuotga muomalani o’rgatayotgan edi. Shunda Tashqi […]
Ayol prezident? Amerikaliklar nima deydi?
Davlat rahbarini demokratik yo’l bilan saylash amaliyotining davomiyligi jihatidan birinchilardan bo’lgan AQShda hali ham ayol prezident bo’lmagan. Shu kunlarda “Nyu-York Tayms (The New York Times) ham, “”Vashington Post” (The Washington Post”) ham Xillari Klintonning 2016-yilgi poygada qatnashish-qatnashmasligi masalasini ko’tarmoqda. Aksariyat kuzatuvchilar “to’xtang, shoshmang, hali vaqt bor, Davlat kotibasi lavozimida ter to’kkan Klinton xonimga sal dam […]