Demokratiyani jilovlagan Turkiya
1923-yilda Turkiya jumhuriyatiga asos solinganidan buyon armiya siyosatda katta rol o’ynab kelgan. Respublika asoschisi va ilk prezidenti Mustafo Kamol Otaturk harbiylardan chiqqani bunda katta ahamiyatga ega edi, albatta. Bugungi kunga qadar generallar to’rt marta davlatni to’ntardi, ya’na bir necha marta bunga urindi. Oxirgi urinishni 2016-yilning 15-iyul kuni kuzatgan edik. Ammo uringanlar yutqazdi, Prezident Rajab Toyyib […]
Turkiyada referendum: “evet” yoki “hayir”
Yakshanba kuni turklar referendumda qatnashadi. Mamlakatning hozirda “evet” va “hayir”, ya’ni “ha” va “yo’q”chilarga bo’lingani haqida biz “Amerika Ovozi”da batafsil ma’lumot bergan edik. Agar referendumda ovozga qo’yilgan Konstitutsiyaga o’zgarishlar xususida aksariyat turkiyaliklar “ha” deb javob bersa, Prezident Rajab Toyib Erdog’an salohiyati deyarli cheksiz bo’ladi. Xususan, Erdog’an hukumat rasmiylarini tayinlash va ishdan bo’shatish, favqulodda vaziyat e’lon […]
Matbuot va erkinlik himoyasida turgan jurnalistlar
Kuni kecha bir yigit bilan gaplashib qoldim. U vataniga qayta olmayotganini, onasini ko’rmaganiga bir necha oy bo’lganini aytdi. Sabab – otasining jurnalist ekani, gazetada yozgan maqolalari hukumatga ma’qul kelmaganida.Aziz gapdoshim, u yigit qayerlik ekan, deb savol bergan bo’lsangiz ajab emas. U avtoritar tuzumlar avj olgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan emas. U turk. Otasi – “Jumhuriyet” (Cumhuriyet) […]