Kishanlangan erk timsoli
(Rauf Parfining 70 yilligi munosabati bilan) Rauf Parfi (1943-2005) timsol edi… Tutqinlikda ham ozod, hur yashash mumkinligini ko’rsatgan, kishanlangan erkning ramzi edi. Bugun shoir o’limidan so’ng o’tgan vaqt oralig’ida ortga qarash bu timsolning o’rni diqqinafaslikdagi ijod ahliga, ayniqsa, yoshlarga nechog’lik yetishmasligi ko’rinmoqda. Biz, bir guruh yoshlar, hali Rauf Parfi tirikligidayoq unga vatandagi so’nggi tirik shoir […]
Xorijdagi o’zbek saytlari nimani yorityapti?
“O’zbekistonda erkin fikr aytish, xavotirsiz ochiq muhokama yuritish orzuligicha qolayotgan bir paytda xorijda emin-erkin ishlayotgan ko’plab o’zbek saytlaridagi manzara hafsalani pir qiladi”, – deydi yaqinda vatandan chiqib ketishga majbur bo’lgan o’zbekistonlik. Bu umidsiz xulosalar so’nggi yillarda o’zbek faollari tomonidan xorijda ochilgan mustaqil saytlar faoliyati haqida. Bunday qarash birinchi bor aytilayotgani yo’q, qolaversa, vatandoshimiz nazarda tutayotgan […]
Mamadali Mahmudov – xalqning tutqundagi vijdoni
“Men o’z xalqimning o’g’liman. Kim bizni vatan xoini yoki xalq dushmani desa, uning o’zi vatan xoini va xalq dushmanidir. Vaqt hammasini o’z joyiga qo’yadi”. Evril Turon Mamadali Mahmudov uchrashgani borgan yaqinlaridan unga hassa olib kelishlarini so’ragan. U 12-dekabr kuni 72 yoshini qamoqda qarshiladi. Adibning sog’lig’i og’ir, boshidan jarohat olgan, yura olmayapti. 14 yillik qamoq jazosi haqidagi […]
Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…
O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]
O’zbekistonda so’z va matbuot erkinligi – eng og’ir masalalar
AQSh Navoiydagi qamoqxonada 12,5 yarim yillik jazo muddatini o’tayotgan mustaqil jurnalist Dilmurod Sayid ozod etilishini so’ramoqda. Davlat departamentining bu chaqirig’i 3- may Xalqaro so’z erkinligi kuni munosabati bilan bildirilmoqda. Dilmurod Sayid tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan, kasbiy faoliyati uchun O’zbekistonda qamoq jazosini o’tayotgan mustaqil jurnalistlardan biri. Dilmurod Sayid 2009-yilda tovlamachilik va ta’magirlikda ayblanib hibsga olingan edi. […]