Tojikiston So’g’dida Tog’li Badaxshon madaniyati haftaligi
21-27 avgust kunlari Tojikiston shimolidagi So’g’d viloyatida Tog’li Badaxshon muxtor viloyati madaniyat kunlari bo’lib o’tdi. Hukumat tashabbusi va moliyaviy ko’magi hamda ikki viloyat rahbariyati hamkorlikda o’tkazgan bu tadbir ko’hna Xo’jand aholisida katta taassurot qoldirdi. Tog’li Badaxshon muxtor viloyati raisi Shodixon Jamshed boshchiligida So’g’dga tashrib buyurgan sakkiz yuzdan ortiq tog’liklarni vodiylik mezbonlar izzat-hurmat bilan kutib olishdi. […]
O’tkansoyning Sulton shoiri
Tojikistonda o’zbek ziyolilari biri-birining ijodini targ’ib qilib, quvvatlab keladi. Bunda qariyb o’n yildan beri faoliyat olib borayotgan jamoatchilik tashkiloti – Sug’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh-qosh. Yaqinda Tojikiston shimolidagi qadim Xo’jand, hozirgi Bobojon Ga’urov nohiyasining azim O’tkansoy, hozirgi Chashmasor qishlog’idan keksa ijodkor, o’zbek o’qituvchisi, 70 yoshli Sulton Mamarasulovning “Mehrim nishoni” nomli uchinchi kitobi […]
Afg’onistondan esayotgan umid shamollari…
So’nggi paytda o’zbeklar hayotiga doir umidli xabarlar Afg’onistondan kela boshladi. Hirotda hazrat Alisher Navoiyning ochiq qolgan mozori qayta ta‘mirdan chiqarildi. Shibirg’onda esa o’zbek tilida uzluksiz televideniya ish boshlagan. Bu nafaqat O’zbekiston, balki mintaqa va tashqaridagi o’zbeklar uchun ham quvonchli xabar. Ayniqsa, mintaqaning aksariyat davlatlarida o’zbeklarning haq-huquqlari cheklanib borayotgan bir paytda. Navoiy qabri uzoq vaqt qarovsiz […]
Mamadali Mahmudov – xalqning tutqundagi vijdoni
“Men o’z xalqimning o’g’liman. Kim bizni vatan xoini yoki xalq dushmani desa, uning o’zi vatan xoini va xalq dushmanidir. Vaqt hammasini o’z joyiga qo’yadi”. Evril Turon Mamadali Mahmudov uchrashgani borgan yaqinlaridan unga hassa olib kelishlarini so’ragan. U 12-dekabr kuni 72 yoshini qamoqda qarshiladi. Adibning sog’lig’i og’ir, boshidan jarohat olgan, yura olmayapti. 14 yillik qamoq jazosi haqidagi […]