Xorijda yashaydigan o’zbeklar va o’zbek tili
21-oktabr kuni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 26 yil to’ldi. Xorijda yashagan odamning ona tiliga munosabati boshqacha bo’ladi. Vatanda yurib, sezmagan narsalarni sezadi kishi, tilning qadriga yetadi. Xorijda yashayotgan o’zbek oilalari uchun ona tili sofligini saqlab qolish juda qiyin. Bu barcha elat va millatlarga mansub immigrantlar duch keladigan muammo. Ayniqsa, Qo’shma Shtatlarga xos. Turli […]
O’zbekistonda rus tili: “da” yoki “net”?
O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi “Facebook” ijtimoiy tarmog’ida o’z sahifasini ochdi. Quvonarli holmi? Albatta! Lekin sahifa, uning boshi (banneri) rus tilida! Nimaga deysizmi? Bilmayman. Men ham shunday savol berdim. Nahotki butun bir boshli vazirlikda, xodimlari chet tillarini mukammal bilishi kerak bo’lgan idorada bitta sahifani davlat tilida yuritadigan odam topilmagan bo’lsa? O’zbek, rus va ingliz tillarida bo’lsa ham […]
Amerikadagi o’zbeklar o’zbekligini saqlab qolishi kerakmi?
Sarlavhaga chiqarilgan savolga javob bitta bo’lishi mumkin, deb hisoblayman: ha, o’zbeklar qayerda bo’lmasin, o’zbekligini saqlab qolishi kerak. Masala o’zbeklarning yangi jamiyatga qanchalik aralashishi va bu madaniyatni qanchalik o’ziga olishida deb o’ylayman. Amerika, ayniqsa, Nyu-York vaqir-vuqir qaynab turgan katta qozonga o’xshaydi. Qozonga turli-tuman masalliq solinganidek, bu yerga ham doim yangi odamlar kelib qo’shiladi. So’nggi yillarda ular […]
AQSh haqida nimani bilishni istaysiz?
“Meni AQSh universitetiga o’qishga kirish qiziqtiradi”, deb qoldi Toshkentda yashaydigan bir tanishim. “Universitetlar dekanlari va professorlari bilan intervyu bo’lsa, jon deb o’qirdim. O’qishga kirishning sirlari qanday? Ular bu haqida nima deya oladi? Application to’ldirishga oid tavsiyalari, o’zbekistonlik talabalar haqdagi fikri ham qiziqtiradi”, dedi yosh yigit. Bu meni o’ylantirdi. “Amerika Ovozi”da biz AQShga oid turli-tuman mavzularni […]
O’zbeklik va o’zlik
Nyu-Yorkda o’zbeklar juda ko’p. Shu qadar ko’pki, bir-birini ko’rganida ilgarigidek so’rashib, tanishish o’rniga o’zini ko’rmaganga oladigan, bir-birini begona odamdek qabul qiladigan bo’lgan. Bu tabiiy, chunki vatandoshlar bir-biri bilan tanishgani sari ayrim hollarda o’zbek bo’lishdan boshqa umumiy jihat yoki qiziqish yo’qligini ham tushunadi odam. Lekin muloqot doim bir xil. – Amerikaga kelganingizga qancha bo’lgan? – “Green […]