Nyu-Yorkda o’zbek rassomi ko’rgazmasi va ijodiy uchrashuv

Shu kunlarda Bruklinda mashhur o’zbek rassomi Xurshid Nazirovning ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. 12-may kuni soat 14:00 da Kings Bay kutubxonasi binosida rassom bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tadi. Kutubxonada rassomning asarlari bilan tanishish va o’zi bilan suhbatlashish mumkin. Tadbirni Jahudiylar san’at va hunar gildiyasi tashkil etgan. Xurshid Nazirov ushbu gildiyaning birinchi va hozircha yagona o’zbek a’zosi. Biz bu […]

O’zbekistonda Georgiy lentasi va Kreml targ’iboti

Bir necha yildan buyon 9-may arafasida va undan keyin O’zbekistondagi Rossiya elchixonasi o’zbekistonliklar orasida Georgiy lentasini tarqatadi. Ko’plar uni ko’ksida taqib yuradi, ayrimlar avtomobili antennasiga bog’lab qo’yadi. Qora va olov rangdagi bu lenta Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasi ustidan g’alaba ramzi sifatida targ’ib etilmoqda. Ammo, afsuski, lentaning asl tarixi, ahamiyati va Rossiyaning targ’iboti ortidagi haqiqiy sabablarini […]

Kreml propagandasi nishonida endi O’zbekiston

Kremlning propaganda mashinasi bo’lgani bois AQShdan quvilgan va Yevropadan quvilish arafasida turgan “Russia Today – Россия Сегодня”  telekompaniyasi O’zbekistonda televizion kanal ochmoqchi. Bu haqdagi xabarni ba’zilar olqishlagan bo’lsa, boshqalar payqamadi, chamasi. Afsus, chunki bu telekanal, aytganimdek, Rossiya davlati targ’ibotidagi millionlab dollar mablag’ sarflanadigan eng katta qurollaridan biri. Shu oyning o’rtalarida “Rossiya Segodnya” kanalining qariyb 32 […]

Do’ppi yoxud noto’g’ri vatanparvarlik

O’zbekistonda maktab o’quvchilari formasiga milliy ornament kiritish taklifi qatorida parlament deputatlari ishga chopon va do’ppida kelsin, degan gap aytildi. Qirg’izistonda esa deputatlar oq qalpoq kiyib yursin, degan tashabbus ilgari surildi. Bundan oldin Tojikistonda ham ayollar milliy kiyimda yursin, degan gaplar aytilgan va hatto amaliyot boshlangan edi. Turkmanistonda ayollar shundoq ham doim milliy kiyimda yuradi, mamlakat […]

Rossiya Tataristonda tatar tilini chekladi

  Noyabr oxirida yuz bergan bir muhim voqea, afsuski, ko’pgina axborot vositalarining diqqat markaziga kirmadi. Rossiya tarkibidagi eng katta respublikalardan biri Tataristonda tatar tilini o’rganishga oid qonun o’zgartirildi: bundan buyon Tataristondagi maktablarda tatar tilini o’rganish “ixtiyoriy” asosda amalga oshiriladi va haftasiga ikki soatdan oshmaydi. Demak, Rossiyadagi ruslardan keyin soni bo’yicha ikkinchi eng katta etnik guruhning […]

Nyu-Yorkda yashayotgan o’zbek geyning dil izhori

U bilan Nyu-Yorkning Manhetten dahasidagi qahvaxonalardan birida uchrashdik. Undan avvaliga bir necha hafta elektron pochta orqali yozishdik, ko’rishish uchun vaqt topishga harakat qildik. Elektron maktublardan birida u menga “agar kelasi hafta uchrasholmasak, undan keyin men ta’tilga ketaman, turmush o’rtog’im bilan”, deb yozdi. Yozishma rus tilida olib borilayotgani sababli ruschada “s suprugom” deb yozdi, erkak kishini […]

Muxolifatning nima keragi bor?

Kuni-kecha O’zbekistondagi ilk muxolif harakat – “Birlik”ning birinchi yig’ini bo’lib o’tganiga 26 yil to’lgani haqida o’qidm. O’qidim-u bundan bir necha yil avval BMT O’zbekistonda bir seminar o’tkazgani esimga tushdi. O’shanda chet eldan taklif qilingan yuqori malakali mutaxassis O’zbekiston davlat idoralaridagi “piar” (PR), ya’ni jamoatchilik bilan ishlovchi xodimlariga omma va matbuotga muomalani o’rgatayotgan edi. Shunda Tashqi […]