O’zbekistonda Georgiy lentasi va Kreml targ’iboti
Bir necha yildan buyon 9-may arafasida va undan keyin O’zbekistondagi Rossiya elchixonasi o’zbekistonliklar orasida Georgiy lentasini tarqatadi. Ko’plar uni ko’ksida taqib yuradi, ayrimlar avtomobili antennasiga bog’lab qo’yadi. Qora va olov rangdagi bu lenta Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasi ustidan g’alaba ramzi sifatida targ’ib etilmoqda. Ammo, afsuski, lentaning asl tarixi, ahamiyati va Rossiyaning targ’iboti ortidagi haqiqiy sabablarini […]
Urush davrida yahudiylarga quchoq ochgan O’zbekiston haqida film
Nyu-Yorkda yangi film taqdimoti O’zbekistonning Ulug’ vatan urushidagi (Ikkinchi jahon urushi) g’alabaga qo’shgan hissasi haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. Sovet Ittifoqining boshqa qismlaridan evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalar hamda minglab odamlarni o’zbeklar quchoq ochib kutib olgan. Ayni vaqtda minglab o’zbek yigitlar frontga ketgan, ayrimlari ko’ksi medallarga to’lib qaytgan bo’lsa, boshqalari jang maydonlarida halok bo’lgan yoki […]
Rossiya Tataristonda tatar tilini chekladi
Noyabr oxirida yuz bergan bir muhim voqea, afsuski, ko’pgina axborot vositalarining diqqat markaziga kirmadi. Rossiya tarkibidagi eng katta respublikalardan biri Tataristonda tatar tilini o’rganishga oid qonun o’zgartirildi: bundan buyon Tataristondagi maktablarda tatar tilini o’rganish “ixtiyoriy” asosda amalga oshiriladi va haftasiga ikki soatdan oshmaydi. Demak, Rossiyadagi ruslardan keyin soni bo’yicha ikkinchi eng katta etnik guruhning […]
Inqilobdan 100 yil o’tib yoxud arosatda qolgan jamiyat
Shu hafta 7-noyabr kuni Oktabr inqilobi – yoki ayrim manbalarda qurolli to’ntaruv deb atalayotgan voqea – yuz berganiga 100 yil to’ldi. 20-asr tarixida keskin burilish yasagan va shu bois ulkan ahamiyatga ega bu voqeaga o’zbekistonliklar bugunda turli munosabat bildiradi. Mendan so’rasangiz, fikrimcha, Oktabr inqilobi va uning natijasida hokimiyatga bolsheviklarning kelishi ham Rossiya, ham Turkiston – […]
O’zbeklar va tarixiy xotira
Bundan qariyb 10 yil avval Germaniyada Boymirza Hayit vafot etgan. Turkiston va Markaziy Osiyo bo’yicha mutaxassis, tarixchi, qator kitob va maqolalar muallifi Ikkinchi Jahon urushi paytida Turkiston legionida xizmat qilgan. Urush tugagach, u Germaniyada qolib, yangi hayot boshlagan, oila qurgan, ilmiy faoliyatini davom ettirgan. Men u kishini hech qachon uchratmaganman, lekin 2004- yoki 2005-yilda uning […]