Qoraqalpog’istonda adolat bormi?

Qiynoqlar asoratida vafot etgani da’vo qilinayotgan taxiatoshlik Baxtiyor Davlatmurodov yaqinlari prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilmoqda.  49 yoshli Baxtiyor Davlatmurodov 23-may kuni Taxitosh shahar ichki ishlar boshqarmasida kaltaklangani, jarohatlari tiklanmasdan 5-iyul kuni vafot etgani aytilmoqda. Marhumning opasi Sapargul Davlatmurodovaning prezident Mirziyoyevga yo’llagan ochiq murojaatida tushuntirilishicha, 23-may kuni spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ushlanib Taxiatosh ichki ishlar […]

Jazo faqat mahalliy blogerlar uchunmi?

  O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi pul tarqatish va’dasi bilan obunachilarini poytaxt markazida to’plagan rossiyalik bloger harakatida qonun buzilishi holatini qayd etmagan. Yolg’on ma’lumot tarqatishda gumonlanayotgan rossiyalik blogerga ko’rsatilgan bu marhamat e’tirozlarga ham sabab bo’ldi. Bu ehtirom mahalliy blogerlar turli ayblovlar bilan jarimaga tortilayotgan, qamoqqa tashlangan bir manzarada kuzatiladi. “Subo” taxallusi ostidagi rossiyalik bloger o’zbekistonlik obunachilariga […]

Jadidchilarning “O’zbek lotin alifbosi”dan namuna olish kerak

“Yangi alif” deb atalgan “mushtarak turk lotin alifbosi” 1926-yilda Bokuda bo’lib o’tgan 1-Turkologiya qurultoyida tasdiqlangan va Sovet Ittifoqidagi barcha turkiy yozma tillarning yagona alifbosi sifatida 1940-yilgacha ishlatilgan (Hatto tojik tilida ham ushbu alifbo ishlatilgan). Lekin 1934-yilda faqat O’zbekistonda o’sha lotin alifbodan ingichka ö, ingichka ü, yo’g’on ı tovushlariga tegishli 3 ta harf alifbodan chiqarilgan. Boshqa […]

Karimov merosi va yangi O’zbekiston mafkurasi

O’zbekistonda marhum prezident Islom Karimovni xotirlash haftaligi bo’lib o’tdi. Yangilanayotgan O’zbekistonni diktator xotirasiga ta’zimda tasavvur qilish juda qiyin. Ammo asosiy marosim rasman prezident, hukumat delegatsiyasi, jamoatchilik, ziyolilar keng jalb qilingan holda o’tkazilgani inobatga olinsa, Karimov xotirasi, merosi yangi O’zbekistonning ham mafkuraviy ustuniga aylanib borayotgandek. Marhumning 83 yilligi bu safar xotira haftaligi maqomida e’lon qilindi. Hafta […]

Dubayda nimaga fohisha ko’paydi?

Toshkent o’zbek ayollarining fohishalik ko’lami davlatlararo munosabatlarga soya tashlayotganidan xavotirda.   Dubayda fohishalik qilayotgan o’zbekistonlik ayollarning 90 foizdan oshig’i bunga rozi bo’lib kelmoqda, deyiladi O’zbekistonning BAAdagi elchixonasi tomonidan matbuotga taqdim etilgan ma’lumotda. Agar Toshkent-Dubay yo’nalishi bo’yicha haftasiga besh marta, Samarqand- Dubay yo’nalishi bo’yicha haftasiga ikki marta aviaqatnov mavjudligi inobatga olinsa, elchixona vakili ta’kidlayotganidek, o’zbek ayollarining […]

Energetika tizimidagi inqiroz: prezidentning tanqidi vaziyatni o‘zgartirdimi?

Poytaxtda bayram munosabati bilan prezident Mirziyoyev ishtirokida tantanali tadbirlar davom etar ekan, Surxondaryoda, Farg’onada aholi poytaxtga eltuvchi yo’llarni to’sib, gaz va elektr-energiya talabi bilan norozilikka chiqqan. O’zbekistonda markaziy yo’llarni to’sish norozilik bildirishning asosiy vositasiga aylanmoqda, hozirgacha gaz va elektr-energiya yetishmovchiligiga qarshi noroziliklarning aksariyati aynan shu tartibda o’tgani kuzatildi.   Kuni kecha Surxondaryoda elektr va gaz […]

Qish va “Yangi O’zbekiston” 

Qishning dastlabki sinovi “Yangi O’zbekiston” haqidagi ilk tasavvurlarni chil-parchin qildi. Mamlakatga to’satdan yopirilgan energetik inqiroz so’nggi paytda targ’ibot-tashviqoti jiddiy kuchaytirilgan, ammo tushunchasi keng ommaga yetib bormayotgan “Yangi O’zbekiston” qiyofasini jamoatchilikka tiniq chizib berdi. Bu qahratonda chiroqsiz, gazsiz yashashga mahkum qolgan mamlakat – O’zbekiston qiyofasi ekanligi ortiqcha ta’kidga muhtoj emas. Jamoatchilikda “Yangi O’zbekiston”ning qiyofasi shu tarzda […]

O’zbekistonda jadidlarga e’tibor oshdimi?

4-oktabr Turkiston milliy ozodlik harakati faollari ommaviy qirg’in qilingan sana.   1938-yilning shu kunida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon,  Abdulla Qodiriy, yana faoliyati aksariyat jamoatchilikka noma’lum qolayotgan yuzdan oshiq o’zbek ziyolilari o’z vatanining poytaxti Toshkentda kommunistlar rejimi rahbari Stalin tasdiqlagan hujjatga muvofiq otib tashlangan.   Qatl etilganlarning barchasi milliy uyg’onish harakati faollari, jadidchilar edi. Turkistonni bosqindan, […]

O’zbekistonda maktab direktori nega o’zini osdi? (Video)

Bu yilgi o’qish mavsumi boshlanishi arafasida, 31-avgust kuni Qashqadaryo viloyatidagi 13-maktab hojatxonasidan shu maktab direktorining osilgan jasadi topildi.   47 yoshli direktorning o’z joniga qasd qilishi sabablari ayni paytda o’rganilmoqda. Marhum o’zini osishdan avval hamkasblariga xatni qoldirgan. Xatda xalq ta’limi tizimidagi korrupsiyadan shikoyat qilinadi. “Hurmatli ustoz hamkasblar, har qanday sharoitda ham korrupsiyaga yo’l qo’ymang”, deb […]

O’zbekistonda Uyg’onish davri boshlandimi?

Mustaqillikning 29 yilligi nishonlanayotgan O’zbekistonda Renessans (Uyg’onish) davri boshlanayotgani aytilmoqda. O’zbekiston uchun mamlakat mustaqilligining chorak asri bir kishi, marhum Islom Karimov boshqaruvi, diktaturasi ostida o’tdi. 30 yil davomida mustaqillik ulug’ ne’mat ekanligi tinimsiz ta’kidlab kelingan mamlakatda to’rt yildan buyon o’zgarishlar, islohotlar, yangi O’zbekiston, so’nggi kunlarda hatto Uchinchi Renessans haqida gapirilmoqda.  Sobiq tuzum, diktaturaning mustaqil mamlakat tarixidagi […]