Toyloqlik hikoyasi: Shaharda yashasam bo’larkan, tezroq yordam olarmidim…
Samarqand viloyati Toyloq tumani O’zbekistonda mart oyining oxirlaridan buyon qattiq karantin talablari joriy qilingan hududlardan biri. 180 mingdan oshiq aholisi bor, qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan tuman Samarqand shahridan 10 km olisda joylashgan. Besh oydirki tumanga kirish va chiqish qattiq nazorat ostida. Tuman hududida koronavirusga chalinish hollari ko’p miqdorda aniqlangach, bu joy Samarqand viloyatida virus o’chog’i sifatida […]
O’zbekistonda ijtimoiy himoya oqsab qolganini prezident ham tan olmoqda
O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev aholini ijtimoiy himoyalashda yangi, shaffof, adolatli tizim va’da qilmoqda. Prezident bu bilan amaldagi tizim ishlamayotganini nihoyat bilvosita tan olayotgandek. Hukumatning karantin munosabati bilan nochor oilalarga uyushtirgan bir martalik yordam aksiyasi haqiqatda bu borada jiddiy kamchiliklar mavjudligini ko’rsatdi. O’zbekiston hukumatining pandemiya munosabati bilan ijtimoiy nochor qatlamga tarqatgan bir martalik yordami korrupsiyaga doir […]
Jurnalist Baxtiyor Karim nega 42 kundan beri karantinda?
42 kundan buyon karantinda saqlanayotgan jurnalist Baxtiyor Karim ochlik e’lon qildi. Jurnalist o’zining karantinda ushlanayotganini siyosiy sabablar bilan bog’liq ko’rmoqda. Ochlik aksiyasi orqali u o’z noroziligini ifodalamoqchi. “Adabiyot” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karim karantinga joylashtirilishidan ikki kun avval “Amerika Ovozi”ga intervyu bergan edi. Bu suhbatda Baxtiyor Karim adabiyotchilar, ijodkorlar gazetasi bo’lgan “Adabiyot” nima sababdan yana […]
Mirziyoyev Rossiyada nega Georgiy lentasini taqdi?
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi davridagi eng munozaralari tashrifini amalga oshirdi. Moskvada G’alaba paradida qatnashgan Mirziyoyev ko’ksiga bir paytlar O’zbekistonda taqiqlangan, Rossiyada g’alaba ramzi sifatida qabul qilingan Georiy tasmasini taqqani bilan jamoatchilik e’tiborini tortdi. Diqqatlisi, paradda ishtirok etgan barcha prezidentlar ham bu tasma bilan ko’rinish bergani yo’q. Masalan, Qozog’iston Prezidenti Qosim-Jo’mart Toqayev, hatto Belarus prezidenti […]
Andijon fojiasi… 15 yil o’tib
Xunrezlik uchun bevosita javobgar tuzum 2005-yilning 13-mayidagi qonli voqealarni eslash taqiqlagan edi. Lekin bugungi rahbariyat ham bu tarixni eslash, unga oydinlik kiritish niyatida emas. O’zbekiston xalqi uchun ham yuzlab insonlar qurbon bo’lgan kun begonadek. Umuman bu jamiyatda hukumatga norozilik ifoda etilgan fojialarni xotirlash ehtiromda emas, hatto vatan bosqiniga qarshi isyon bo’lsa ham. […]
Hokimlar xalqni haqoratlash, kaltaklash jur’atini qayerdan olyapti?
Mahalla qo’mitasi raislarini haqoratlagan, kaltaklagan Mirsihkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov bilan bog’liq navbatdagi mojaro o’zbek hokimlari kimga va nimaga ishonib zo’ravonlikdan voz kechmayotganiga doir munozaralarni qo’zg’adi. Oliy Majlis deputati Rasul Kusherboyevning mojaro yuzasidan prezidentning obro’sini to’kayotgan kaltafahm, pastkash shaxslarga doir bayonoti esa bu boradagi bahslarni avj oldirdi. Deputat Kusherboyev bu kabi mulozimlar bilan O’zbekiston kelajagini […]
Oyog’i yerdan uzilgan hokimlar jazosiz qolmoqda
O’zbekistonda hokimlar zo’ravonligi to’xtamayotgani jazosizlikda, Karimov davridan kelayotgan boshqaruv usuli o’zgarmaganida ko’rilmoqda. 2020-yil boshlanishi mahalliy hokimlar zo’ravonligi aks etgan navbatdagi ma’lumotlarni jamoatchilikka taqdim etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda bug’doy dalasini payhon qilgan chorva mollari so’yib tashlanayotgani aks etgan video tarqadi. Fermer xo’jaliklarining bug’doy dalasiga kirgan bu chorva mollarini so’yib tashlash topshirig’i viloyat hokimi Zoir Mirzayevga tegishli […]
Blogerning qamalishi adolatdanmi?
30-dekabr kuni 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan andijonlik bloger Otabek (Abdufattoh) Nuritdinovning ishi O’zbekistonda sudlar va huquq-tartibot idoralari hokimiyat qo’lidagi asosiy bosim dastagi sifatida qolayotganini ko’rsatgan. Andijon viloyati hokimiyatining bloger Otabek Nuritdinov ishi yuzasidan tarqatgan bayonoti shundan darakdir. Sud, huquq-tartibot va mahalliy hokimiyatga qarashli boshqa idoralar vakillari chiqish qilgan bu bayonotdan ijtimoiy muammolarni yoritish […]
O’zbekiston xalqi, asosan, nimadan shikoyat qilmoqda?
“Javobgarning tog’asi prokuror bo’sa, men qanday adolatga umid qilishim mumkin?”, deyiladi “Amerika ovozi”ga kelgan shikoyatlardan birida. Tahririyatga kelgan murojaatlarning aksariyati ijtimoiy adolatsizlik, huquq-tartibot idoralari, hokimiyatlar o’z vakolatini suiiste’mol qilayotgani, tanish-bilishchilik va buyruqbozlik muammolari haqida. Shikoyatlar sud-huquq tizimi hamon jamoatchilik noroziligining asosiy nishoni bo’lib qolayotganini ham ko’rsatadi. Bundan mamlakat rahbariyati xabarsiz emas. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni […]
Mirziyoyev Ortiqxo’jayev masalasida fikr bildiradimi?
Jurnalistlar “suvga cho’kib yo’qolishi”, “geyga aylanib qolishi” mumkinligi haqida tahdid qilgan Toshkent shahri hokimi bir necha kundirki munozaradan tushmayotgan bu voqea yuzasidan izoh bermagan, uzr ham so’ramagan. Jamoatchilik esa Prezident Shavkat Mirziyoyevning voqeaga nisbatan munosabatini kutmoqda. 20-noyabr kuni poytaxtdagi bir qator inshootlar bilan tanishgan prezidentga, an’anaga muvofiq, Toshkent shahar hokimi hamrohlik qilmagani kuzatiladi. Yoki tasvirlarda […]