O’tkansoyning Sulton shoiri
Tojikistonda o’zbek ziyolilari biri-birining ijodini targ’ib qilib, quvvatlab keladi. Bunda qariyb o’n yildan beri faoliyat olib borayotgan jamoatchilik tashkiloti – Sug’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh-qosh. Yaqinda Tojikiston shimolidagi qadim Xo’jand, hozirgi Bobojon Ga’urov nohiyasining azim O’tkansoy, hozirgi Chashmasor qishlog’idan keksa ijodkor, o’zbek o’qituvchisi, 70 yoshli Sulton Mamarasulovning “Mehrim nishoni” nomli uchinchi kitobi […]
Tojikiston o’zbeklari shoir va jurnalist Alijon Yo’ldoshevni xotirlamoqda
Tojikiston o’zbeklari keyingi yillarda o’z milliy qadriyatlari ma’naviyat va ma’rifatini yuksak ko’tarish harakatidalar. Baland tog’lar bilan janub va shimolga bo’lingan respublikada ikki milliondan ortiq o’zbeklar istiqomat qilishadi. Geografik bo’linish tabiiyki, mamlakat iktisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida o’z aksini ko’rsatib kelmoqda, jumladan o’zbeklar hayotida ham. Mustaqillik yillarida janub va shimolni boglovchi doimiy yo’l ochilgan bo’lsada, iqtisodiy etishmovchilk […]
Navoiy ijodi tojik va o’zbek xalqlarini birlashtirmoqda
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida birdamlik va hamjihatlikda ish tutish davr talabi. O’tgan yillarda Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida tijorat ancha ortgani kuzatiladi, shu bilan birga, madaniy almashinuvlar ham. Ziyolilar va ijodkorlar orasida hamkorlik mustahkamlanmoqda. Joriy yilning 15-16-aprel kunlari Tojikistonning Xo’jand shahrida o’zbek adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman buning isbotidir. […]
Kishanlangan erk timsoli
(Rauf Parfining 70 yilligi munosabati bilan) Rauf Parfi (1943-2005) timsol edi… Tutqinlikda ham ozod, hur yashash mumkinligini ko’rsatgan, kishanlangan erkning ramzi edi. Bugun shoir o’limidan so’ng o’tgan vaqt oralig’ida ortga qarash bu timsolning o’rni diqqinafaslikdagi ijod ahliga, ayniqsa, yoshlarga nechog’lik yetishmasligi ko’rinmoqda. Biz, bir guruh yoshlar, hali Rauf Parfi tirikligidayoq unga vatandagi so’nggi tirik shoir […]
Mamadali Mahmudov – xalqning tutqundagi vijdoni
“Men o’z xalqimning o’g’liman. Kim bizni vatan xoini yoki xalq dushmani desa, uning o’zi vatan xoini va xalq dushmanidir. Vaqt hammasini o’z joyiga qo’yadi”. Evril Turon Mamadali Mahmudov uchrashgani borgan yaqinlaridan unga hassa olib kelishlarini so’ragan. U 12-dekabr kuni 72 yoshini qamoqda qarshiladi. Adibning sog’lig’i og’ir, boshidan jarohat olgan, yura olmayapti. 14 yillik qamoq jazosi haqidagi […]