“Gallup” ning erkinlik bo’yicha so’rovi natijalari bir cho’pchak
AQShda asoslangan “Gallup” omma fikrini o’rganuvchi tashkilot o’tkazgan so’rov natijalariga ko’ra, O’zbekistonda respondentlarning 92 foizi mamlakatidagi erkinlik darajasidan qoniqishini aytgan. To’g’risi, menda bu ko’rsatkich biroz umid uyg’otdi. Har holda, “Ijtimoiy fikr” markazining 99 foizlik natijasidan oz bo`lsa ham farq qiladi. Demak, 30 million kishilik mamlakatda vaziyatni to’g’ri ko’rayotgan kimdir bor. Hukumatning e’tiboriga kirish uchun har […]
Vatanni vatandoshlardan begona qilayotgan og’riqlar
Yaqin bir do`stimdan xat oldim. U mendan Rossiya fuqaroligini olish imkoniyatlari haqida so`rabdi. Og’aynimning yozishicha, sharoitdan kelib chiqib va istiqbolni o`ylagan holda Rossiya fuqaroligini olish yomon emas. Ikki yildan buyon xorijda yurgan mendek odam uchun vatanda o`z istiqbolini ko`ra olmayotgan do`stga maslahat berish og`ir. Do`stim ziyoli odam, mamlakat hayoti va taqdiriga befarq emas. Hozirgacha umid […]
“O’zbek bahori” qachon boshlanadi?
Arab dunyosida uyg’onish sabab “O’zbek bahori” qachon boshlanadi deya umid bilan savol beruvchilar ko’paygan. Jamiyatda bahoriy yangilanish qachon boshlanishi mavhum, ammo fasllar kelinchagi bahor O’zbekistonga har doimgidek bu yil ham o’z vaqtida kirib keldi. Navro’z tantanalari… An’anaga ko’ra, prezident Islom Karimov milliy bog’da xalqqa o’z ezgu tilaklarini bildiradi. Davlat rahbari bahoriy kayfiyat tilab, tabiatdagi uyg’onish […]
Mamadali Mahmudov – xalqning tutqundagi vijdoni
“Men o’z xalqimning o’g’liman. Kim bizni vatan xoini yoki xalq dushmani desa, uning o’zi vatan xoini va xalq dushmanidir. Vaqt hammasini o’z joyiga qo’yadi”. Evril Turon Mamadali Mahmudov uchrashgani borgan yaqinlaridan unga hassa olib kelishlarini so’ragan. U 12-dekabr kuni 72 yoshini qamoqda qarshiladi. Adibning sog’lig’i og’ir, boshidan jarohat olgan, yura olmayapti. 14 yillik qamoq jazosi haqidagi […]