Xorijdagi o’zbek saytlari nimani yorityapti?

“O’zbekistonda erkin fikr aytish, xavotirsiz ochiq muhokama yuritish orzuligicha qolayotgan bir paytda xorijda emin-erkin ishlayotgan ko’plab o’zbek saytlaridagi manzara hafsalani pir qiladi”, – deydi yaqinda vatandan chiqib ketishga majbur bo’lgan o’zbekistonlik. Bu umidsiz xulosalar so’nggi yillarda o’zbek faollari tomonidan xorijda ochilgan mustaqil saytlar faoliyati haqida. Bunday qarash birinchi bor aytilayotgani yo’q, qolaversa, vatandoshimiz nazarda tutayotgan […]

Mamadali Mahmudov – xalqning tutqundagi vijdoni

“Men o’z xalqimning o’g’liman. Kim bizni vatan xoini yoki xalq dushmani desa, uning o’zi vatan xoini va xalq dushmanidir.  Vaqt hammasini o’z joyiga qo’yadi”. Evril Turon   Mamadali Mahmudov uchrashgani borgan yaqinlaridan unga hassa olib kelishlarini so’ragan. U 12-dekabr kuni 72 yoshini qamoqda qarshiladi. Adibning sog’lig’i og’ir, boshidan jarohat olgan, yura olmayapti. 14 yillik qamoq jazosi haqidagi […]

Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…

O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham  yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]

Artur Grigoryan: “O’zbekistonda professional boks maktabi ochmoqchiman”

Professional boks bo`yicha O`zbekistondan chiqqan birinchi jahon chempioni, “Mehnat shuhrati” ordeni sovrindori Artur Grigoryan O`zbekistonda professional boksni rivojlantirmoqchi, faqat sarmoya va imkoniyat berilgan taqdirda. Artur Grigoryan bilan o`zbekistonlik yana bir sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev mashg`ulot o`tkazayotgan klubda tasodifan uchrashdim. Keyin bilishimcha, Grigoryan ham shu kompaniyada ishlayapti, Chagayevning jamoasida ikkinchi trener vazifasini ham bajaradi. Artur […]