Ostona sammiti Markaziy Osiyoda yangi davrdan darak
Ostonada 15-mart kuni o’tgan mintaqaviy sammit prezidentlar muhokamasidagi masalalar, imzolangan qo’shma bayonot bilan emas, aynan bo’lib o’tgani bilan ahamiyat kasb etdi. Sammit haqida OAVdagi maqolalarning aksariyatida Markaziy Osiyoda yangi davr boshlanayotganiga diqqat qaratildi. Mintaqa liderlarining salkam 10 yillik tanaffusdan so’ng o’tgan sammiti, albatta geosiyosiy talqinlarda xoli emas. “Eurasianet” sayti mintaqa liderlari muvofiqlashish uchun dastlabki harakatni […]
Issiqko’l – Markaziy Osiyo durdonasi
Qirg’izistonning Issiqko’li bejizga Markaziy Osiyo durdonasi, marvaridi, deb aytilmaydi. Shimoliy Tiyonshon tog’ tizmalari orasida joylashgan suv havzasi kurramizning 25 yirik ko’llari sarasiga kiradi. Chuqurligi bo’yicha oltinchi o’rinda turadi. Suvi tozaligi, juda tiniqligi bilan esa tengi yo’q – yaqin atrofda kattaroq sanoat korxonalari, tevarak-muhitni bulg’ovchi inshootlar yo’q. Issiqko’lni o’rab turgan tog’ tizmalari yam-yashil ulug’vor o’rmonlar bilan […]
Muzlar tezlikda erib borar ekan, Tojikiston ahli xavotirda
Global haroratning ko’tarilishi nafaqat Antarktida va Grenlandiya, balki Markaziy Osiyo, xususan Tojikiston to’glaridagi muzliklarga ham ta’sir o’tkazmoqda. O’tgan 20-25 yil orasida Tojikitondagi 40 mingga yaqin muzlikdan 13 mingi qolgan. Mutaxassislar taxminicha, keyingi o’n yil orasida muzliklar yana 20 foizgacha qisqarishi mumkin. Turkiston tog’lari etagidagi Devashtich nohiyasining Mujun va Mang’it qishloqlarida asosan o’zbeklar istiqomat qiladi va […]
Tojikiston o’zbeklari shoir va jurnalist Alijon Yo’ldoshevni xotirlamoqda
Tojikiston o’zbeklari keyingi yillarda o’z milliy qadriyatlari ma’naviyat va ma’rifatini yuksak ko’tarish harakatidalar. Baland tog’lar bilan janub va shimolga bo’lingan respublikada ikki milliondan ortiq o’zbeklar istiqomat qilishadi. Geografik bo’linish tabiiyki, mamlakat iktisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida o’z aksini ko’rsatib kelmoqda, jumladan o’zbeklar hayotida ham. Mustaqillik yillarida janub va shimolni boglovchi doimiy yo’l ochilgan bo’lsada, iqtisodiy etishmovchilk […]
Navoiy ijodi tojik va o’zbek xalqlarini birlashtirmoqda
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida birdamlik va hamjihatlikda ish tutish davr talabi. O’tgan yillarda Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida tijorat ancha ortgani kuzatiladi, shu bilan birga, madaniy almashinuvlar ham. Ziyolilar va ijodkorlar orasida hamkorlik mustahkamlanmoqda. Joriy yilning 15-16-aprel kunlari Tojikistonning Xo’jand shahrida o’zbek adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman buning isbotidir. […]
O‘zbekiston va AQSh aloqalari: Bundan keyin nima bo’ladi?
Xalqaro qo`shinlar Afg`onistondan chiqarilgandan keyin, AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati qanday bo`lishi ko`p muhokama qilinmoqda. Darhaqiqat, so’nggi yillarda mintaqadagi voqealar rivojida AQSh siyosati muhum o`rin egallab kelgan. Bundan keyin AQShning hududda qanchalar faol bo’lishi ko’p narsani o’zgartirishi mumkin. Obamaning Kongressdagi bayonotidan so`ng harbiy yuklarni dastlabki qismi Pokiston orqali olib chiqila boshlandi. 2014-yil oxiriga borib xalqaro kuchlar […]
Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…
O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]
Navro’z muborak, yurtdoshlar!
Dunyoga bahor ifori to’ldi. Sovuq kunlar ortda qolib, bahor tengkunligi – Navro’z keldi. U nafaqat ko’chalarga, balki qalblarga ham iliqlik kirdi. Navro’z – yangi kun, yangilanish davri. Ushbu yangi kunda siz azizlarni, barcha yurtdoshlarimizni yangi minbardan turib Navro’z bayrami bilan qutlashga jazm etdik. Vatan manzaralari – “Amerika Ovozi” axborot xizmatining yangi blogi. Bu yerda siz vatanga, […]