O’zbekistonda jamoat transporti xizmatlarining sifati qanday?
So‘nggi yillarda O’zbekistonda, xususan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylar, maktablar va bolalar bog‘chalari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy infratuzilma, ishlab chiqarish obyektlari qurildi. Bu esa ma’lum hududlarda aholi zichligini, transport qatnoviga talabni oshiradi. Xo’sh, transport qatnovi ehtiyojga mos ravishda yo’lga qo’yilganmi? Transport qatnovi o‘rtacha tezligi qanday? Qatnov yuklamasi talabga monandmi? Umuman, mamlakatda jamoat transporti xizmatlaridan foydalanish qanchalik […]
O’zbekistonda Georgiy lentasi va Kreml targ’iboti
Bir necha yildan buyon 9-may arafasida va undan keyin O’zbekistondagi Rossiya elchixonasi o’zbekistonliklar orasida Georgiy lentasini tarqatadi. Ko’plar uni ko’ksida taqib yuradi, ayrimlar avtomobili antennasiga bog’lab qo’yadi. Qora va olov rangdagi bu lenta Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasi ustidan g’alaba ramzi sifatida targ’ib etilmoqda. Ammo, afsuski, lentaning asl tarixi, ahamiyati va Rossiyaning targ’iboti ortidagi haqiqiy sabablarini […]
Kreml propagandasi nishonida endi O’zbekiston
Kremlning propaganda mashinasi bo’lgani bois AQShdan quvilgan va Yevropadan quvilish arafasida turgan “Russia Today – Россия Сегодня” telekompaniyasi O’zbekistonda televizion kanal ochmoqchi. Bu haqdagi xabarni ba’zilar olqishlagan bo’lsa, boshqalar payqamadi, chamasi. Afsus, chunki bu telekanal, aytganimdek, Rossiya davlati targ’ibotidagi millionlab dollar mablag’ sarflanadigan eng katta qurollaridan biri. Shu oyning o’rtalarida “Rossiya Segodnya” kanalining qariyb 32 […]
Rossiyaning Telegramga qarshi kurashi: kim ustun?
Ekssentrik shaxs Uning shaxsiy oroli va o’zi ixtiro qilgan kripto-valyutasi bor. U “Matritsa” filmidagi Keanu Rivz qahramonidek qora kiyim kiyib yuradi. Vaqti-vaqti bilan esa internetda o’zining yarim-yalang’och rasmlarini chop etishni ham xush ko’radi va bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taqlid deydi. U ixtiro qilgan messenjerdan yaqingacha Kreml xodimlari va Eron ruhoniylari foydalangan. Messenjer serverlari qaysi […]
Armaniston inqilob arafasidami?
Butun dunyo bo’ylab chekinayotgan demokratiya bilan tobora kuchayib borayotgan avtoritarizm shu kunlarda Armanistonda, asosan poytaxt Yerevanda to’qnashdi. Minglab odamlar ko’chalarda. Ma’lumotlarga ko’ra, to’qnashuvlarda o’nlab odamlar jarohatlangan, ular orasida aksariyat – namoyishchilar, ammo politsiya zobitlari ham bor. Talash nima ustidan? 2-mart kuni Armanistonda yangi prezident saylandi. Bu lavozimga Armen Sarkisyan loyiq deb topildi. Ammo uni xalq […]
Ozarbayjonda saylov: eski hammom, eski tos
Ozarbayjonda 11-aprel kungi prezident saylovlarida kim yutishi boshidan yaxshi ma’lum edi. Shu qadarki, bu voqea haqida ko’plar gapirib ham o’tirmadi, vaholanki, demokratik mamlakatda odatda prezident saylovi katta ahamiyatga ega, undan oldin saylovchilar fikri o’rganiladi, turli siyosiy guruhlar o’z platformalarini e’lon qilib, saylovchilar bilan uchrashadi, teledebat kabi muzokaralarda bellashadi. Ozarbayjonda hokimiyat 2003-yilda ota Haydar Aliyevdan uning […]
O’zbekiston prezidentining to’ylarga oid ezgu, biroq noto’g’ri qarori
Prezident Shavkat Mirziyoyevning to’ylarni ixchamlashtirish kerak, degan gapi yangi emas. Bunday da’vatlar ilgari O’zbekistonda ham, boshqa davlatlar, masalan, Tojikistonda ham yangragan. Bu safar Mirziyoyev e’tiborni, xususan, to’ylarga boradigan davlat mansabdorlariga qaratdi. Agar to’yxona oldida bunday mansabdor avtomashinasini ko’rsa, ishdan haydashi va hatto jinoiy javobgarlikka tortishini bildirdi. “G’odayib” to’yxonaga kirib boradigan mansabdorlarga esa buning o’rniga muhtojlarga […]
Urush davrida yahudiylarga quchoq ochgan O’zbekiston haqida film
Nyu-Yorkda yangi film taqdimoti O’zbekistonning Ulug’ vatan urushidagi (Ikkinchi jahon urushi) g’alabaga qo’shgan hissasi haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. Sovet Ittifoqining boshqa qismlaridan evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalar hamda minglab odamlarni o’zbeklar quchoq ochib kutib olgan. Ayni vaqtda minglab o’zbek yigitlar frontga ketgan, ayrimlari ko’ksi medallarga to’lib qaytgan bo’lsa, boshqalari jang maydonlarida halok bo’lgan yoki […]
Qirg’iziston birinchi sun’iy yo’ldoshini fazoga uchirmoqchi
Qirg’izistonda qiziq bir tashabbus ilgari surilmoqda. Mamlakat o’zining birinchi sun’iy Yer yo’ldoshini fazoga uchirsin, deyiladi “Kloop” mustaqil onlayn axborot agentligi saytida. Loyihaga tushuntirish berarkan, “Kloop” asoschisi Bektur Iskandar o’zining “Telegram” kanalida, AQShning NASA fazo tadqiqotlari agentligi loyihaga g’oyalar hamda maslahat bilan ko’maklashadi, deb yozgan. “Ammo pul o’zimizdan,” – deydi u. Shu bilan birga Iskandar […]
Do’ppi yoxud noto’g’ri vatanparvarlik
O’zbekistonda maktab o’quvchilari formasiga milliy ornament kiritish taklifi qatorida parlament deputatlari ishga chopon va do’ppida kelsin, degan gap aytildi. Qirg’izistonda esa deputatlar oq qalpoq kiyib yursin, degan tashabbus ilgari surildi. Bundan oldin Tojikistonda ham ayollar milliy kiyimda yursin, degan gaplar aytilgan va hatto amaliyot boshlangan edi. Turkmanistonda ayollar shundoq ham doim milliy kiyimda yuradi, mamlakat […]