O’zbeklik va o’zlik
Nyu-Yorkda o’zbeklar juda ko’p. Shu qadar ko’pki, bir-birini ko’rganida ilgarigidek so’rashib, tanishish o’rniga o’zini ko’rmaganga oladigan, bir-birini begona odamdek qabul qiladigan bo’lgan. Bu tabiiy, chunki vatandoshlar bir-biri bilan tanishgani sari ayrim hollarda o’zbek bo’lishdan boshqa umumiy jihat yoki qiziqish yo’qligini ham tushunadi odam. Lekin muloqot doim bir xil. – Amerikaga kelganingizga qancha bo’lgan? – “Green […]
Rossiyadagi voqealar haqida nima deysiz?
Biryulyovodagi voqealar va ular ketidan Rossiyada avj olgan millatchilik va tazyiqlar hech kimni befarq qoldirmadi. Quyida muxlislarimizdan kelgan maktublar. Siz ham fikr bildiring, bizga yozing. Qiziq gap, chuqur tahlil bo’lsa, albatta chop etamiz. “Rus muxolifatining namoyondalaridan bo‘lmish Aleksey Navalniy Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari bilan viza tartibini joriy qilish uchun imzo to‘plashni boshlabdi. Bunga 13-oktabr […]
Markaziy osiyoliklar Rossiya uchun yotmi?
Mana bir necha kundirki hammaning og’zida bir gap – Biryulyovo voqealari. Nima bo’lgani va kim aybdorligini o’zbeklar, qolaversa, barcha markaziy osyolik “gastarbayterlar” taqdiri bilan qiziqqan odam yaxshi bilib olgan desam, adashmasam kerak. Vaholanki, Rossiyada ishlayotgan qarindoshi yoki, hech bo’lmasa, qo’shnisi bo’lmagan o’zbekistonlikning o’zi qolmagan bu kunda. Achchiqlanarli fakt shuki, rossiyaliklarning markaziy osiyoliklarga keskin salbiy munosabati […]
Nega bir-birimizni qo’llab-quvvatlashni bilmaymiz?
Nargiz Zokirova Rossiya birinchi telekanalidagi “Golos” shou-dasturidagi ishtiroki sababli katta shov-shuvga sabab bo’lmoqda. Mashhur “Scorpions” guruhining “Still loving you” qo’shig’ini originalidan ham yaxshiroq ijro etgani nafaqat hakamlar hay’ati va tomoshabinlarni hayratga ketlirdi, balki butun internet olamida muhokama qilinmoqda. Sovet davrida olingan “Vodillik kelin” filmini eslagan rossiyaliklar, qozog’istonlik va boshqalar Nargizni “Ne zabivay menya” (“Unutma meni”) […]
Mustaqillikning ijobiy tarafi?
O’zbekiston mustaqilligi tantanalari ham o’tib bo’ldi. Internetda qator-qator maqolalar chop etildi. Odatdagidek, mamlakat ichida “ura-ura”. Tashqarisida chiqqan maqolalar va tayyorlangan reportajlar esa tanqidiy. Qaysi nashr qanday yozishini O’zbekiston, qolaversa, Markaziy Osiyoni yoritadigan ommaviy axborot vositalarini kuzatib boradigan odam yaxshi biladi. Men O’zbekiston mustaqillikka erishganida maktabni bitirib universitetga o’qishga kirganman. Jahon iqtisodi va diplomatiya universitetining (JIDU) […]