O’sh va Andijon o’rtasidagi “Do’stlik” chegarasida soatlab navbat kutilyapti
O‘sh va Andijon shaharlari o‘rtasidagi “Dostuk – Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punktidan bir kunda 15 mingdan ortiq kishi u yoki bu davlatga o‘tmoqda. Chegaradan o‘tishni istaganlarning navbat kutish vaqtini qisqartirish maqsadida 11-iyundan “Dostuk” chegara punktiga qoshimcha pasport tekshirish uchun kabinalar ochilib, ularning soni 15 dan 21 taga yetdi. Biroq shunga qaramay, chegaradan o’tishni istaganlarning turna qator navbatlari […]
Janubiy Qirg’iziston durdonasi – muqaddas Sulaymon tog’i
Musulmon olamida ma’lum va mashhur ziyoratgoh bo’lmish Sulaymon tog’i (Borako’h) keyingi yillarda avvalgi shuhratini tiklay boshladi. O’tgan yil qirg’iz-o’zbek chegarasi ochilishi ortidan sayohatchilar soni yanada ko’paygani qayd qilinmoqda. Gap shundaki, azaldan Farg’ona vodiysi aholisi O’shdagi Sulaymon tog’ini qadamjo sanab, bu maskanga tez-tez tashrif buyurib turgan. Hozirga Sulaymon tog’i va uning ustiyu-atrofida joylashgan obidalar hamda turli […]
Qirg’izistonda sumalak – Navro’zning eng muhim tadbiri
Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari kabi Qirg’izistonda ham Navro’z bayrami arafasida sumalak pishirish an’anasi bor. Har yilgidek, bu yil ham ko’plab xonadonlarda sumalak pishirildi. Ayollar, qarindosh-urug’lar jam bo’lib, bahorning to’yimli va mazali taomini birgalikda tayyorlashdi. Jamoatchi muxbirimiz Muhiddin Zarif ana shunday tadbir jarayonini suratga tushirdi. Quyida ularni tomosha qiling.
Qirg’izistonda “Ipak yo’li-2018” xalqaro qishloq xo’jaligi ko’rgazmasi o’tkazildi
Qirg’izistonning O’sh shahrida o’tayotgan an’anaviy ko’rgazma-yarmarkada qishloq xo’jaligi uchun zarur texnika va materiallar ishlab chiqaruvchi o’ttizdan ziyod kompaniya qatnashmoqda. O’z navbatida ushbu firmalar O’zbekiston, Qozog’iston, Rossiya, AQSh, Turkiya, Gollandiya, Ispaniya kabi mamlakatlarning agrosanoati bilan tig’iz hamkorlikda faoliyat yuritayotgani va mazkur o’lkalarda mavjud tajriba bilan o’rtoqlashishi aytilmoqda. “Maqsadimiz Farg’ona vodiysining fermer xo’jaliklari uchun tegishli aloqalar o’rnatish […]
Qirg’izistonda eng keksa o’zbekzabon ro’znoma 85 yilligini nishonlamoqda
“O’sh sadosi” viloyat gazetasi (dastavval “Kommunist”, keyinchalik “Paxta uchun”, “Qirg’iziston haqiqati”, ‘Lenin yo’li”) 1932 yil asoslanib, Janubiy Qirg’izistonning eng nufuzli ahborot vositalaridan biri bo’lgan. Ushbu dargohda Shavkat Rahmon, Tursunboy Adashboyev kabi o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalari qalami charxlangan. Ma’lum sabablarga ko’ra, keyingi o’n yilliklarda muxlislarning bosimli qismidan ajragan gazeta yangi sharoitga moslashish va avvalgi mavqeni tiklash […]
O’shdan Samarqandgacha: ikki o’lka rassomlarining ko’rgazmasi
O’sh – Samarqand – Buxoro – Toshkent. O’sh shahridagi Tasviriy san’at muzeyida davom etayotgan ko’rgazma shunday nomlangan. Taqdimot “Qirg’iziston – O’zbekiston – 2017” nomi ostida o’tkazilmoqda. Qirg’iziston va O’zbekistonlik to’rt musavvirning asarlari zikr qilingan ko’hna shaharlarning obidalari, tabiati va bugungi kunlari haqida hikoya qiladi. Shohi Zinda. Labi Hovuz. Bibi Xonim maqbarasi. Sulaymon tog’i. Oqbura daryosi… […]
Issiqko’l – tog’lar qo’ynidagi marjon
Markaziy Osiyo javohiri deb atalmish Issiqko’l (Qirg’iziston) Shimoliy Tyanshan tog’ tizmalari qo’ynida joylashgan. Bir tarafda Kungay Olatov, ikkinchi tarafda Terskay Olatov salobat to’kib turibdi. Avvalgi maqolalarimizdan birida Issiqko’lda hordiq chiqarish mavzusini tilga olgan edik. Bu gal atrofdagi tog’larga yo’l olamiz. Ko’lga tashrif buyurgan sayyohlar yam-yashil tog’ o’rmonlari va daralarini ko’rmay qaytmaydi. Ulkan yong’oq daraxtlari. Asrlarni qaritgan archalar. […]
Qirg’iziston Jahon Banki ko’magida muqobil yo’l qurmoqda
O’tgan yilning yozida Tojikiston shimolidagi So’g’d viloyatiga qo’shni Qirg’izistonning Batkent viloyatida mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega deb ko’rilayotgan alohida Isfana-Kolso-Kayragach avtomobil yo’li qurilishi boshlangan edi. Uzunligi 36 kilometr bo’lgan yo’l qurilishi uchun mablag’ni Jahon banki ajratgan bo’lib, qirg’iz valyutasida bu mablag’ 1 milliard 200 million somni tashkil etadi. Qurilishning strategik ahamiyati shunda ko’riladiki, Batkent viloyatining […]
Issiqko’l – Markaziy Osiyo durdonasi
Qirg’izistonning Issiqko’li bejizga Markaziy Osiyo durdonasi, marvaridi, deb aytilmaydi. Shimoliy Tiyonshon tog’ tizmalari orasida joylashgan suv havzasi kurramizning 25 yirik ko’llari sarasiga kiradi. Chuqurligi bo’yicha oltinchi o’rinda turadi. Suvi tozaligi, juda tiniqligi bilan esa tengi yo’q – yaqin atrofda kattaroq sanoat korxonalari, tevarak-muhitni bulg’ovchi inshootlar yo’q. Issiqko’lni o’rab turgan tog’ tizmalari yam-yashil ulug’vor o’rmonlar bilan […]
O‘shda Karvon sayli va palov tanlovi o‘tkazildi
Kuni kecha Farg‘ona vodiysining qadim shaharlaridan sanalgan O‘sh shahrida “O‘sh Fest – 2017” nomlanishidagi Karvon sayli, hamda vodiylik oshpazlar orasida palov tanlovi bo‘lib o‘tdi. Shaharning janubiy kun chiqish tarafiga yig‘ilgan karvon, ustiga ortilgan turli xil ehtiyoj buyumlari bilan, qirg‘iz va o‘zbek milliy liboslari-yu, ularning musiqalari hamrohligida shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab sayl etildi. Karvon tashkilotchilariga ko‘ra, […]