“O’zbek bahori” qachon boshlanadi?
Arab dunyosida uyg’onish sabab “O’zbek bahori” qachon boshlanadi deya umid bilan savol beruvchilar ko’paygan. Jamiyatda bahoriy yangilanish qachon boshlanishi mavhum, ammo fasllar kelinchagi bahor O’zbekistonga har doimgidek bu yil ham o’z vaqtida kirib keldi. Navro’z tantanalari… An’anaga ko’ra, prezident Islom Karimov milliy bog’da xalqqa o’z ezgu tilaklarini bildiradi. Davlat rahbari bahoriy kayfiyat tilab, tabiatdagi uyg’onish […]
Mamadali Mahmudov – xalqning tutqundagi vijdoni
“Men o’z xalqimning o’g’liman. Kim bizni vatan xoini yoki xalq dushmani desa, uning o’zi vatan xoini va xalq dushmanidir. Vaqt hammasini o’z joyiga qo’yadi”. Evril Turon Mamadali Mahmudov uchrashgani borgan yaqinlaridan unga hassa olib kelishlarini so’ragan. U 12-dekabr kuni 72 yoshini qamoqda qarshiladi. Adibning sog’lig’i og’ir, boshidan jarohat olgan, yura olmayapti. 14 yillik qamoq jazosi haqidagi […]
MTS nega yopildi?
Shu yil aprel oyida O`zbekiston Respublikasi prezidentining xorij investitsiyalarini mamlakatga bevosita jalb qilishni takomillashtirish to`g`risida qarori e’lon qilingan edi. Shundan buyon o’tgan to’rt oy davomida mamlakatdagi bir nechta yirik xorij kompaniyalari davlat tomonidan bosimga uchradi. O`zbekistonda muammoga uchragan korxonalarning so`nggisi Rossiya sarmoyadorlariga tegishli MTS aloqa kompaniyasidir. Bundan avvalroq Hindiston bilan hamkorlikdagi “Spantex” to`qimachilik korxonasi, Bekobod […]
London Olimpiadasidagi sharafsiz ishtirok!
Londonda Yozgi Olimpiya o’yinlari yakunlandi. Shubhasiz, Olimpiada sport musobaqalarining cho’qqisi, shuning uchun bu tantana qoldirgan hayrat ham, alam ham ancha kuchli. Qolaversa, bu ulkan musobaqa har bir davlat uchun o’z imkoniyatlarini sarhisob qiladigan jiddiy sinov. Afsus, sinov O’zbekiston uchun sharafsiz kechdi. Hali Olimpiya saralash bahsidan o’tayotgan futbolchilarimizning jamoa sobiq murabbiyi Vadim Abramov ta’biri bilan aytganda […]
Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…
O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]
Artur Grigoryan: “O’zbekistonda professional boks maktabi ochmoqchiman”
Professional boks bo`yicha O`zbekistondan chiqqan birinchi jahon chempioni, “Mehnat shuhrati” ordeni sovrindori Artur Grigoryan O`zbekistonda professional boksni rivojlantirmoqchi, faqat sarmoya va imkoniyat berilgan taqdirda. Artur Grigoryan bilan o`zbekistonlik yana bir sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev mashg`ulot o`tkazayotgan klubda tasodifan uchrashdim. Keyin bilishimcha, Grigoryan ham shu kompaniyada ishlayapti, Chagayevning jamoasida ikkinchi trener vazifasini ham bajaradi. Artur […]