Gulnora Karimova serialining navbatdagi qismi: Voqealar rivojida nima yangilik bor?
O’zbekistonni qariyb chorak asrdan beri boshqarib kelayotgan Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova mashmashasining navbatdagi qismi ham ko’pchilikni qiynayotgan savollarga javob bermadi. Maqsad nima? Gulnorani xalqaro tergov-surishtiruvlardan himoya qilishmi yoki siyosiy maydondan chetlatishmi? Bir qarashda oilaviy ziddiyatdan boshlangan bu serial, kutilmaganda, mamlakatdagi siyosiy jarayonga ham ta’sir qilishi mumkin. Tabiiyki, prezidentning qizi oz jinoiy qilmishlarii uchun qonun […]
Karimovlar xonadonidan kelgusida nimalarni kutish mumkin?
Nihoyasiga yetayotgan yilning muhim voqeasi, shubhasiz, bosimga uchrab, mol-mulki va maqomidan ajragan Gulnora Karimovaning hukumatdagi ziddiyatlarga doir ayrim ma`lumotlarni jamoatchilikka oshkor etgani bo`ldi. Mojaro hali tugamadi, Gulnora Karimova qismatining yangi yilda kutilayotgan ehtimoliy xotimasi “Twitter” doirasidagi oshkoraliklarni bir qadar kengroq maydonga ko`chirishi ham mumkin. Har holda, Turkiyaning “Hurriyat” nashriga berilgan intervyu so`nggi oylar davomida Gulnora […]
Gulnora Karimova boshida aylanayotgan qora bulutlar nimadan dalolat?
O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning to’ng’ich qizi Gulnora Karimovaning otasi nazaridan qolgani bilan bog’liq so’nggi voqealar ortidan Toshkent siyosiy muhitidagi turg’un barqarorlikda biroz silkinish kuzatilgandek tuyulmoqda. Kutilmaganda, bir necha yillardan buyon mustahkam nazorat ostida saqlangan mustaqil saytlarga oz muddatga erkinlik berildi. Aholiga Toshkentdan turib internet orqali bemalol va to’siqsiz axborot olish imkoniyati taqdim etildi. Bu imkoniyat […]
Karimovning muhojirlarga “salomi” nimadan dalolat?
Islom Karimov Jizzax viloyatiga tashrifi davomida xorijda ishlayotgan o’zbekistonliklarni “dangasa” deb atadi. Uning bu gaplari prezidentlik saylovlaridan uncha uzoq bo’lmagan bir paytda yangrashi odamni mulohaza qilishga undaydi. Chunki, bu bayonotdan haqorat tuygan mehnat muhojirlari ortida „farroshlik“ evaziga orttirilgan puldan tirikchilik qilayotgan millionlab o’zbekistonliklar borligi ayon. Ehtimol, buni Jirinovskiyga o’xshash biror populist siyosatchi aytganda e’tiborsiz qoldirish […]
O’zbekistonni 2014-yildan keyin nima kutmoqda?
“O`zbekiston mintaqa gigantiga aylanishga hozirlanmoqda. Islom Karimov O`zbekistonni 20 yillik ixtiyoriy izolyatsiyadan chiqarish qarorida”, – deb yozadi rossiyalik ekspert Aleksandr Sobyanin. Shubhasiz, O`zbekistondagi hozirgi vaziyat soyasida bu o`ta jarangdor bayonot. Ehtimol, bu jarangdorlik boshqa bir maqsadda qilingan, haqiqatdan uzoqdir. Har holda, bir blog doirasida buni mulohaza qilib ko`rish mumkin. Rossiyaning Strategik Konyukturalar Markazi saytida e’lon […]
O’zbekiston o’zgarishlar fasliga tayyormi?
So’nggi paytlarda turli ommaviy axborot vositalari va mustaqil tahlilchilar O`zbekistonda Islom Karimovdan keyin hokimiyatga kim kelishi haqida turli taxminlarni olg’a sura boshladi. Bu jarayon mamlakatda qanday o’tishi haqidagi so`nggi hisobotlarning deyarli barchasi xavotirli. Ular O`zbekistonda silkinishlar davri kutilayotganidan darak beradi. Taxminlar turlicha. Lekin barcha tadqiqotchilar, ekspertlar bir fikrda yakdil: Karimovdan so`ng O`zbekistonda vaziyat qanday bo’lishi […]
Muhammad Solih: O`zbekiston Xalq Harakatida kuchlanish jarayoni boshlanmoqda
“O`zbekiston Xalq Harakati”ning Germaniyada o`tgan yili birinchi qurultoyini kuzatgan faollarga ko`ra navbatdagi Praga qurultoyi nisbatan sust bo‘ldi. Ikkinchi uchrashuv bahs-munozaralar bir qadar bosilgan, silliqroq o`tgandek taassurot uyg`otadi. Ehtimol, bu bir yil davomida harakat doirasidagi o`zgarishlar, xususan “Andijon – adolat va tiklanish” va boshqa bir nechta faollarning O’XH safini tark etishi bilan bog`liqdir. Ikkinchi qurultoygacha yetib […]