Nyu-Yorkda o’zbek rassomi ko’rgazmasi va ijodiy uchrashuv

Shu kunlarda Bruklinda mashhur o’zbek rassomi Xurshid Nazirovning ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. 12-may kuni soat 14:00 da Kings Bay kutubxonasi binosida rassom bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tadi. Kutubxonada rassomning asarlari bilan tanishish va o’zi bilan suhbatlashish mumkin. Tadbirni Jahudiylar san’at va hunar gildiyasi tashkil etgan. Xurshid Nazirov ushbu gildiyaning birinchi va hozircha yagona o’zbek a’zosi. Biz bu […]

O’zbekistonda Georgiy lentasi va Kreml targ’iboti

Bir necha yildan buyon 9-may arafasida va undan keyin O’zbekistondagi Rossiya elchixonasi o’zbekistonliklar orasida Georgiy lentasini tarqatadi. Ko’plar uni ko’ksida taqib yuradi, ayrimlar avtomobili antennasiga bog’lab qo’yadi. Qora va olov rangdagi bu lenta Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasi ustidan g’alaba ramzi sifatida targ’ib etilmoqda. Ammo, afsuski, lentaning asl tarixi, ahamiyati va Rossiyaning targ’iboti ortidagi haqiqiy sabablarini […]

Kreml propagandasi nishonida endi O’zbekiston

Kremlning propaganda mashinasi bo’lgani bois AQShdan quvilgan va Yevropadan quvilish arafasida turgan “Russia Today – Россия Сегодня”  telekompaniyasi O’zbekistonda televizion kanal ochmoqchi. Bu haqdagi xabarni ba’zilar olqishlagan bo’lsa, boshqalar payqamadi, chamasi. Afsus, chunki bu telekanal, aytganimdek, Rossiya davlati targ’ibotidagi millionlab dollar mablag’ sarflanadigan eng katta qurollaridan biri. Shu oyning o’rtalarida “Rossiya Segodnya” kanalining qariyb 32 […]

Azimjon Asqarovni ozod eting, deydi xalqaro tashkilot

Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi 2-aprel kuni o’zining “Matbuotni ozod eting” (#FreeThePress) kampaniyasini boshladi. Maqsad – kasbiy faoliyati uchun qamalgan besh nafar jurnalistni ozod eting, deya hukumatlarga murojaat qilish, bong urish. O’z mamlakatidagi vaziyatni qo’rqmasdan tanqid qila olgan va buning uchun panjara ortiga tushgan besh jasur va dovyurak jurnalist orasida qirg’izistonlik Azimjon Asqarov ham bor. […]

O’zbekiston prezidentining to’ylarga oid ezgu, biroq noto’g’ri qarori

Prezident Shavkat Mirziyoyevning to’ylarni ixchamlashtirish kerak, degan gapi yangi emas. Bunday da’vatlar ilgari O’zbekistonda ham, boshqa davlatlar, masalan, Tojikistonda ham yangragan. Bu safar Mirziyoyev e’tiborni, xususan, to’ylarga boradigan davlat mansabdorlariga qaratdi. Agar to’yxona oldida bunday mansabdor avtomashinasini ko’rsa, ishdan haydashi va hatto jinoiy javobgarlikka tortishini bildirdi. “G’odayib” to’yxonaga kirib boradigan mansabdorlarga esa buning o’rniga muhtojlarga […]

O’zbekistondan ikki muhim xabar

So’nggi haftada O’zbekistonning xalqaro sahnadagi imijini ko’taradigan ikki muhim voqea yuz berdi. Birinchisi – “Erk” partiyasi faoli, jurnalist Yusuf Ro’zimurodovning qamoqdan ozod etilgani. Ikkinchisi – jurnalist Bobomurod Abdullayev va bloger Hayotxon Nasriddinov ustidan sud ishida misli ko’rilmagan o’zgarish – sudyaning ularga nisbatan qiynoq qo’llanilganiga doir iddaolarni o’rganish haqida hukm chiqarishi bo’ldi. Ro’zimurodov taqdiri bilan barcha […]

Urush davrida yahudiylarga quchoq ochgan O’zbekiston haqida film

Nyu-Yorkda yangi film taqdimoti O’zbekistonning Ulug’ vatan urushidagi (Ikkinchi jahon urushi) g’alabaga qo’shgan hissasi haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. Sovet Ittifoqining boshqa qismlaridan evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalar hamda minglab odamlarni o’zbeklar quchoq ochib kutib olgan. Ayni vaqtda minglab o’zbek yigitlar frontga ketgan, ayrimlari ko’ksi medallarga to’lib qaytgan bo’lsa, boshqalari jang maydonlarida halok bo’lgan yoki […]

Nyu-Yorkdagi xurujdan keyin o’zbek jamoasi faollashdi

O’tgan juma kuni Bruklinda Nyu-York meri hamda Bruklin prezidenti idoralaridan vakillar o’zbek jamoasi faollari bilan uchrashdi. Bu uchrashuv 31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sodir etilgan xurujdan keyin hokimiyat hamda o’zbek jamoasi o’rtasida yo’lga qo’yilayotgan hamkorlikdagi yana bir qadam bo’ldi. 31-oktabr kuni Manxettenning janubiy qismida asli o’zbekistonlik Sayfullo Soipov yuk tashuvchi mashinani piyoda ketayotgan odamlarga, so’ngra maktab avtobusiga […]