O’zbekiston: diniy va dunyoviy libos kiyish mavzusi hamon o’g’riqli nuqta

Yaqinda AQShdagi “Pew” tadqiqot markazi dunyoning 200 ga yaqin mamlakatida kiyinish bo’yicha chekovlar borasida tadqiqot o’tkazdi. Tadqoqotda 2016-2018-yillar o’rganildi. Natijalarga ko’ra, dunyoning 56 davlatida kishilar ma’lum bir kiyinish me’yorlariga amal qilmagani uchun turli xil darajadagi qarshiliklar, ta’qiblar, tahdidlarga uchraydi. Ayollar, asosan, hijob o’rash yoki o’rmaslik, erkaklar esa soqol qo’yish yoki qo’ymaslik borasida qarshiliklarga duch keladi. […]

O’zbekistonda Georgiy lentasi va Kreml targ’iboti

Bir necha yildan buyon 9-may arafasida va undan keyin O’zbekistondagi Rossiya elchixonasi o’zbekistonliklar orasida Georgiy lentasini tarqatadi. Ko’plar uni ko’ksida taqib yuradi, ayrimlar avtomobili antennasiga bog’lab qo’yadi. Qora va olov rangdagi bu lenta Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasi ustidan g’alaba ramzi sifatida targ’ib etilmoqda. Ammo, afsuski, lentaning asl tarixi, ahamiyati va Rossiyaning targ’iboti ortidagi haqiqiy sabablarini […]

Kreml propagandasi nishonida endi O’zbekiston

Kremlning propaganda mashinasi bo’lgani bois AQShdan quvilgan va Yevropadan quvilish arafasida turgan “Russia Today – Россия Сегодня”  telekompaniyasi O’zbekistonda televizion kanal ochmoqchi. Bu haqdagi xabarni ba’zilar olqishlagan bo’lsa, boshqalar payqamadi, chamasi. Afsus, chunki bu telekanal, aytganimdek, Rossiya davlati targ’ibotidagi millionlab dollar mablag’ sarflanadigan eng katta qurollaridan biri. Shu oyning o’rtalarida “Rossiya Segodnya” kanalining qariyb 32 […]

O’zbekiston prezidentining to’ylarga oid ezgu, biroq noto’g’ri qarori

Prezident Shavkat Mirziyoyevning to’ylarni ixchamlashtirish kerak, degan gapi yangi emas. Bunday da’vatlar ilgari O’zbekistonda ham, boshqa davlatlar, masalan, Tojikistonda ham yangragan. Bu safar Mirziyoyev e’tiborni, xususan, to’ylarga boradigan davlat mansabdorlariga qaratdi. Agar to’yxona oldida bunday mansabdor avtomashinasini ko’rsa, ishdan haydashi va hatto jinoiy javobgarlikka tortishini bildirdi. “G’odayib” to’yxonaga kirib boradigan mansabdorlarga esa buning o’rniga muhtojlarga […]

O’zbekistondan ikki muhim xabar

So’nggi haftada O’zbekistonning xalqaro sahnadagi imijini ko’taradigan ikki muhim voqea yuz berdi. Birinchisi – “Erk” partiyasi faoli, jurnalist Yusuf Ro’zimurodovning qamoqdan ozod etilgani. Ikkinchisi – jurnalist Bobomurod Abdullayev va bloger Hayotxon Nasriddinov ustidan sud ishida misli ko’rilmagan o’zgarish – sudyaning ularga nisbatan qiynoq qo’llanilganiga doir iddaolarni o’rganish haqida hukm chiqarishi bo’ldi. Ro’zimurodov taqdiri bilan barcha […]

Do’ppi yoxud noto’g’ri vatanparvarlik

O’zbekistonda maktab o’quvchilari formasiga milliy ornament kiritish taklifi qatorida parlament deputatlari ishga chopon va do’ppida kelsin, degan gap aytildi. Qirg’izistonda esa deputatlar oq qalpoq kiyib yursin, degan tashabbus ilgari surildi. Bundan oldin Tojikistonda ham ayollar milliy kiyimda yursin, degan gaplar aytilgan va hatto amaliyot boshlangan edi. Turkmanistonda ayollar shundoq ham doim milliy kiyimda yuradi, mamlakat […]

2017-yilda jurnalistlarni qamashda “rekord” qo’yildi

  2017-yil jurnalistlar uchun quiyin kechdi. Bu – matbuot erkinligi va jurnalistlar xavfsizligini kuzatib boradigan xalqaro tashkilotlar xulosasi. 13-dekabr kuni Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo’mitasi 2017-yilda dunyo bo’ylab o’z ishini bajarayotgani uchun qamalgan jurnalistlarga bag’ishlangan hisobotini chiqardi. Hujjatga ko’ra, 2017-yilning 1-dekabrida dunyo bo’ylab 262 jurnalist panjara ortida bo’lgan. Bu tarixiy rekord. Yana 58 […]

Alisher Usmonovning “tuhfasi”

15-dekabr kuni Toshkentda mashhur ingliz pop-yulduzi Robbi Uilyams konserti bo’lib o’tdi. Xabarlarga qaraganda, ushbu konsert kelib chiqishi o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning vatandoshlarga Yangi yil tuhfasi bo’ldi. Konsertga chiptalar narxi 1,5 million so’mdan 1,8 million so’mgacha. Bu O’zbekistondagi o’rtacha oylik maoshdan ko’proq. Tuhfa deganda bepul narsa nazarda tutilishini, mayli, aytmay qo’ya qolay. Buni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari […]